Dalillar topish. Darsda talabalar hal etishlari kerak bo‘lgan muammo aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Berilayotgan topshiriqni darstaxtaga yozib qo‘yish, bir necha kun oldin uni talabalar bilan muhokama qilish kerak. Muammo yuzasidan talabalarning dastlabki yaxshi-yomon fikrlari eshitib ko‘rilsa, ular muvozanatdan chiqib, bezovta bo‘lib qolishadi.
Dastlabki mashq. “Fikriy hujum” yordamida hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni echishga talabalarni ruhan va aqlan tayyorlash uchun dastlabki mashq o‘tkazish foydalidir. Bu mashq qo‘yilayotgan muammoga bevosita tegishli bo‘lmasligi ham mumkin. Dastlabki mashq “Fikriy hujum” usuli qanday bo‘lishini talabalar tasavvur etishlari uchun ham g‘oyat zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |