BADIIY ASAR MAVZUI VA G`OYASI
R e J A:
1. Badiiy asar mavzui.
2. Badiiy asar g`oyasi.
Shakl va mazmun komponetlari orasida mavzu va g`oya mazmunga kiradi va
muhim o`rin tutadi. Mavzu va g`oya ajralmas ajralmas dialektik birlikda bo`ladi:
mavzu g`oyaviy jihatdan aniqlangan, g`oya esa mavzu rivoji natijasida ochilgan
bo`ladi. G`oyaning ahamiyati mavzuning ahamiyatiga bog`liqdir. Biroq asarning
g`oyaviy-estetik ahamiyati o`z-o`zidan mavzu bo`lavermaydi. Mavzu asardagi
kuchlarning to`qnashuvga olib boradigan harakat - faoliyatdir.
Mavzu asarda ifodalangan hayotiy materialldan hosil bo`ladi. SHunday qilib,
mavzu-asarda tasvirlangan hayotiy voqelikdir, asarda nima tasvirlanganidirMavzu asarning mazmuni bilan mahkam bog`liq bo`lib, mavzu to`g`risida
gapirganda ma’lum darajada asar mazmuniga ham xarakteristika beriladi.
San’atkor badiiy asar ustida ishni mavzu tanlash va uni aniqlashdan boshlaydi.
V.Kattaev aytganidek, «hammadan oldin mavzu paydo bo`ladi». Asar mavzusini
aniqlashda qaxramonlar va voqealar tilga olinmasligi kerak. CHunki qahramon va
voqealar ana shu mavzuni ochishga xizmat qiladi, ularning o`zi mavzu bo`la olmaydi.
Mavzuning katta-kichigi bo`lmaydi. Ba’zan katta mavzu talantsiz yoritilganligi uchun
ahamiyatsiz bo`lib qoladi, kichkina mavzu esa katta ijtimoiy ma’no bera oladi. Bu esa
iste’dodga bog`liqdir. Biroq hamma narsa ham iste’dodga bog`liq emas. Aslida
qamrab olingan voqealar miqdori emas, uni ochishning chuqurligi, kolliziyalarning
ijtimoiy mazmunini to`la ochishga, uni haqqoniy va emotsional (hissiy); ishonarli
talqin qilishga bog`liqdir. Asarning taqdirini mavzu emas, uning g`oyaviy-estetik
ochilishi hal qiladi. Zammoning muhim masalalari ochilgan asar kitobxonni
to`lqinlantiradi. YOzuvchi mavzuni ochish barobarida, unga o`z munosabatini ham
ifodalaydi, uni baholaydi. Bu esa yozuvchining ba’zi narsalarga xayrixohligida,
ba’zilariga qarshiligida ko`rinadi. O`quvchida ham shunday kayfiyat uyg`otadi.
San’atkor doimo voqealar ustidan hukm chiqaradi. Ana shu hukm badiiy asar
mazmunining ajralmas qismidir. Mavzuni ochish jarayonida san’atkor hayot uchun
muhim bo`lgan masalalarni ko`tarib chiqadi. Asarda mavzu bitta bo`lmasligi
mumkin. Ayniqsa, yirik epik asarlarda asosiy, bosh mavzudan tashqari, xususiy
mavzuchalar ham bo`lib, ular ham asosiy mavzuga bog`liq bo`ladi va uni ochishga
xizmat qiladi. Ana shu asosiy va xususiy mavzularning hammasi bir bo`lib, asar
tematikasi (mavzular doirasi)ni tashkil etadi. YOrdamchi mavzu voqeaga ta’sir
qiladigan yoki aks ta’sir qiladigan harakatdir. Har bir asarda doimo siyosiy, axloqiy,
falsafiy va shu singari boshqa g`oyalar ifodalangan bo`ladi. Biroq u g`oyalarning o`zi
badiiy asarning g`oyaviy mazmuni bo`la olmaydi. Masalan, «Tinch Don» romanida
ko`p adashuvlardan keyin ham asar oxirida G.Melexov yangi hayotga qaytmaydi.
«Sarob» romanidagi Saidiy taqdiri ham shunday. Biroq yozuvchilar bu asarlar oxirida
xalqi bilan bira bormagan, xalqdan ajralgan kishining taqdiri shunday, xalq yo`lida
yaShab o`tkazilgan, xalqqa bag`ishlangan umur haqiqiy hayot deb o`quvchiga axloq
o`rgatmaydi. Voqea, obraz va xarakterlar mantiqi o`quvchini ana shunday ob’ektiv
xulosaga olib keladi. Demak, g`oya asarda tasvirlangan hayotiy voqelikdan kelib
chiqadigan mantiqiy xulosalardir. YOzuvchining asarda muayan voqealarni
tasvirlashdan maqsadi nima demoqchiligidir.
Adabiy asarda yozuvchi g`oyani Shakllantirmaydi. G`oya obrazlarning tabiy
talqini natijasida ochiladi. Demak, quruq g`oyaning o`zi hali mazmun bo`lmaydi.
G`oya obrazlar bilan birga yurmaydi xam. U asarning butun ruhida namoyon bo`ladi,
asarning etakchi xususiyati sifatida mavjud bo`ladi.
G`oya mualifning asarga izohi, komintarisi, Sharhi ham emas. G`oya asar
strukturasida (tuzilishi) bo`ladi. Masalan, P.Qodirovning «Erk» qissasida yozuvchi
Sattor, OySha, Roziyalar taqdirini hal etmaydi. Zotan, qahramonlar taqdiri qanday
hal bo`lganligini ko`rsatish Shart emas. Agar qissada qahramonlar taqdiri aniq hal
etilganda edi, asarning badiiy qimmatiga putur etgan bo`ladi, yozuvchi o`quvchiga:
sen ham shunday holga tushganingda ana shunday qil, deb o`rgatgan bo`lur edi. YOzuvchi masalani ochiq qoldirdi, uning echimini o`kuvchiga havola qiladi,
o`quvchini o`ylab ish qilishga chaqiradi.
San’atkor nasihatiga emas, quruq didaktika haqiqiy san’at uchun begonadir.
Agarda asarda hayot haqiqati tasvirlangan bo`lsa, asar voqealarida hayotning etakchi
tendentsiyalari payqab olingan bo`lsa, obrazlarda zamonaning eng muhim ehtiyojlari
ifodalangan bo`lsa, san’atning badiiy tashviqot bo`lgani shudir.
Badiiy asar qimmati g`oyaning chuqurigi va haqqoniyligi bilan ham
o`lchanadi. SHunga ko`ra g`oya ob’ektiv, subektiv, haqiqiy va soxta bo`ladi. Soxta
g`oya asar qimmatini tushiradi, uni halok qilib, g`oyasiz qilib qo`yadi. Masalan,
M.Boboeavning «Ra’no» qissasida ikki yosh bir-birini sevib, axdu paymon qiladi.
Biroq ular ota-ona orzusi degan an’anadan tashqari chiqa olmaydilar. Ota-ona orzusi
yo`lida o`z orzu va g`oyalarini qurbon qiladilar. Muallif ota-ona orzusi deb inson erki
va muhabbati qurbon qilinishiga qarshi isyon ko`tarmoqchi bo`ladi. Biroq asar echimi
kitobxonga: baribir ham muhabbating amalga oshmaydi, undan ko`ra bir-biringni
sevib, axdu-paymon qilma, degan xulosaga olib keladi. Qissani o`qib, shu gapni
aytish uchun qissa yozish Shartmi, degan fikr keladi. R.Rahmonovning «Sevgi
qarimas» qissasida ham xuddi shunday holatga duch kelamiz.
YOzuvchi voqealarni haqqoniy tasvirlasa-yu, o`zining dunyoqarashidagi
cheklanganlik oqibatida kelib chiqadigan g`oya asardan kelib chiqargan mantiqiy
xulosaga muvofiq kelmasa, bu sub’ektiv g`oya (niyat) deyiladi. Bunda muallif
ixtiyoridan tashqari, o`z-o`zidan boshqa, to`g`ri xulosa ham kelib chiqadi. Bu
ob’ektiv g`oya bo`ladi. Asar qimmati ana shu bilan belgilanadi. SHuning uchun ham,
Dobrolyubov aytganidek, muallifning nima demoqchiligi emas, nima deganligi
muhimdir.
Badiiy ijod jarayonida san’atkorning sub’ektiv maqsadi bilan ob’ektiv g`oya
bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Ko`pincha shunday bo`ladiki, g`oya
yozuvchining irodasiga qarama-qarshi uning asarlaridan ob’ektiv ravishda kelib
chiqadi. Yozuvchi o`z oldiga bir g`oyaviy maqsadni qo`yadi, asardan kelib
chiqadigan ob’ektiv xulosa esa butunlay boshqacha bo`ladi, natijada yozuvchi
g`oyasi soxta bo`lib qoladi. Asar asosidan kelib chiqadigan g`oya qanchalik haqqoniy
bo`lsa, badiiy ijodning natijasi ham shunchalik yuksak bo`ladi.
G`oya obrazlar tizimi orqali ochiladi. San’atkor zo`r bo`lsa, aytmoqchi
bo`lganidan ham ko`proq narsani aytishi mumkin. G`oya aniq hayot materiali asosida
ochiladi. Masalan, «Qutlug` qon» romanining mavzusi 1916 yilgi milliy-ozodlik
qo`zg`olonidir. G`oyasi esa qo`zg`olon saboqlari bekor ketmaydi, degan fikrdir.
Badiiy asar asosida yotgan g`oyani aniqlash osonlik bilan qilinadigan ish deb
bo`lmaydi. Asar g`oyasini aniqlash juda qiyin ish bo`lib, faqat kuchli tafakkur bilan
birlashgan estetik hissiyotninggina qo`lidan keladi. xolos. «Poetik g`oya silogizm
emas, aqida ham emas, qoida ham emas. U jonli ehtiros, pafosdir», - deydi
V.G.Belinskiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |