Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


III.5. “Don Kixot”: tarix ilmi, uning dovonlaridan o‘ta



Download 368 Kb.
bet24/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

III.5. “Don Kixot”: tarix ilmi, uning dovonlaridan o‘ta

olish yoxud zamonga moslashish falsafasi

Mahdudlik — insonni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘ituvchi dahshatli sarob. Bu

sarob domiga tushganlar esa reallik va xayol dunyosi orasida sarson

bo‘lguvchi majruhdir. XVI – XVII asrlar Ispaniyasining Lamanch viloyatida

yashagan dvoryan Don Kixot (Alonso Kexano) ana shunday kishilardan biri edi.

Giyohvandlik botqog‘iga botganlarning og‘u to‘la miyasida aks etuvchi

karaxtlik, kayfsafo hamda ajal olamiga, axborot vositalari yordamida yoshlar ongini egallab, ular miyasiga g‘ayriinsoniy g‘oyalarni singdirayotgan, shu majruhlar qo‘lila manqurtlik dunyosini qurayotganlarga qarshi kurash benihoya dolzarblik kasb etgan bugungi XXI asr mahdudligi bundan to‘rtbesh asr muqaddam o‘zgacha “libos” da voqelangan edi. Ulug‘ ispan adibi Migel de Saavedra Servantes (1547-1616) o‘zining o‘lmas qahramoni Don Kixot vositasida ana shu masalaga e’tiborni qaratar ekan, u avvalambor, savdoyi ritsarning tentakliklari ibtidosini Amadis Gallskiy, Roland singari bahodirlar qudrati vasf etilgan ritsarlik romanlarida ko‘radi. Aynan shunday romanlarning juda kuchli ta’sirida qolgan idalgo ritsarlik taomillari bo‘yicha kiyinib, o‘ziga suyukli ma’shuqa sifatida Dulsineya Tobosskaya ismli xayoliy bir oliynanasab

ayolni tanlab, uzoq safarga chiqadi. Uning doimiy hamrohi, qurolbardori esa soddadil dehqon Sancho Pansa edi. Ha, tentaklikka tentaklik ergasharkan. Aziz Dulsineyasi uchun qo‘rqinchli devlar, yovuz sehrgarlar bilan olishib, mislsiz shuhratga, shonshavkatga erishishni ko‘zlagan Don Kixot mavjud jamiyat nuqtai nazaridan g‘ayrime’yoriy sanalgan ishlarga qo‘l urib, masxara bo‘lganda, bu masxaralarning bir qismi Pansaga ham tegishli edi. Pandafilando otli dev deb o‘ylab, vino to‘la meshlarni yorib tashlagan, shamol tegirmoni, qo‘ylar podasiga qarshi “jang” larda “matonat” ko‘rsatgan, ashaddiy jinoyatchilarni bandilikdan chiqarib yuborgan jasur ritsarning telbalarcha gapso‘zlari, xatti-harakatlari yo‘lda uchragan odamlarning kulgusini qistaydi, ba’zan esa hatto g‘azabini ham qo‘zg‘aydi. Xo‘sh, bu kulgu-yu nafratning bosh omili nima?

Oliyjanoblik, mardlik, jasorat, ornomus kabi yuksak fazilatlar gullab-yashnagan, endilikda esa g‘irashira tushga aylangan O‘rta asrlarning, ritsarlar qahramonligi-yu shavkati bilan to‘lib toshgan olis o‘tmishning turli romanlarda afsonalar qobig‘i ostida o‘ta bachkana ko‘rinishda aks etishi, bu aksning keksa idalgo ongida qoldirgan asorati — real dunyoning Don Kixot tomonidan ana o‘sha asarlar illyuziyasi ostida baholanishi... Don Kixot o‘zining ritsarlik “faoliyat” i haqida qurolbardoriga quyidagilarni uqtiradi:

Do‘stim Sancho, shuni bilib qo‘yginki, samoning meni shu temir asrda bun- yodga keltirishdan murodi, men haligi oltin bilan sayqallangan yoki oltin asr- ni qayta tiklashim kerak. Men peshonasiga xavfxatarlar, ulug‘vor ishlar va mislsiz qahramonliklar yozilgan zotlardan bo‘laman...”

Don Kixot yashayotgan davr ertaklar, rivoyatlarga ishonch barham top

gan, feodalizm o‘rnini kapitalizm egallay boshlagan, yangicha dunyoqarash

dagi yangi avlod voyaga yetgan davr edi. O‘tmish xotirasi bilan hamnafas

Don Kixotga xos fanatizm, borliqni butunlay noto‘g‘ri idrok qilish bu pok niyatli, oliyjanob inson bilan o‘z zamonasi o‘rtasida ulkan jarlik hosil etdi. U barcha masalada — insoniy munosabatlar, sevgi, ritsarlik burchi, qurolbardorlik va hokazolar borasida idalgoning iqtisodchisi-yu jiyani, ruhoniy-u sartarosh kabi tanishlari o‘tga tashlab yuborgan zararli kitoblar ramkasida fikrlardi. To‘g‘ri, bunday asarlar qatida Don Kixotning quyidagi fikrlariga zamin hozirlagan ruh mavjudligini tan olmoq lozim: “O‘zimni donishmand ham deyolmayman. Men faqat insonlarga ular yer yuzida jahongashta ritsarlikning baxtiyor zamonlari barqaror etilishini tilamasdan naqadar yengiltaklik qilayotganlarini tushuntirib qo‘ymoqchiman, xolos. Ehtimolki, bizning majruh asrimiz ilgarigi dorilomonlik gashtidan mahrum va unga noloyiqdir. Bunday gasht o‘tmishda, jahongashta ritsarlar davlatni mudofaa qilganlarida, xotinqizlarni himoya etganlarida, yetimyesir, g‘aribu g‘urabolarga ko‘maklash-ganlarida, mag‘rurlarni jazolab, mo‘minlarni siylaganlarida haq va barqaror edi. Hozirgi ritsarlar muqaddas sovutlarni ipagu barqutga almashtirganlar”

Darhaqiqat, fantexnika borasida mislsiz yutuqlarga erisha borgan bani odam XX – XXI asrlarda ma’naviy tubanlikka tomon keta boshladi. Bugungi kunning global “bosh og‘riqlar”i — narkomaniya, OITS, odam savdosi, bir qancha Yevropa mamlakatlarida bir jinsli nikohga qonunan ruxsat berilishi, terrorizm, maskultura va shu singari balolar bu tubanlikning oliy ko‘rinishlaridandir. Buyuk Servantes telba donishmand Don Kixot tilidan aslida bugungi kunlarimizning ibtidosi to‘g‘risida kuyinib so‘zlagandi.

Garchi Don Kixotning yuqoridagi fikrlari qanchalik haqqoniy bo‘lmasin, uning tafakkur tarzi sarobga, xomxayolga asoslangandi. Bu xomxayol ketidan boshqa bir xomxayol — tezda boyib ketish, katta-katta orollarning egasiga, hukmdoriga aylanish orzusi ergashdi. Boya aytganimizdek, tentakka tentak ergashdi — savodsiz, soddadil Sancho Pansa biron orolning gubernatori bo‘lish umidida qurolbardor sifatida o‘z xo‘jayini bilan tog‘-u toshlarda, dalalarda go‘r azobini tortdi, kaltaklash-u do‘ppos lashlarni boshidan o‘tkazdi, ko‘plar-ning kulgusi-yu nafratiga uchradi. O‘z xo‘jasining telbaliklari unida hayratga soldi. Ko‘ziga tegirmon parraklari devlar, ruhoniylar go‘zal malikani olib qochayotgan jodugarlar bo‘lib ko‘ringuvchi Don Kixotning telbateskari ishlari yaroqbardorda uning haqligiga shubha uyg‘otsa-da, borabora bu gumonlar tarqab, allaqanday mehrga, ishonchga aylandi. Bu ishonchga esa yana o‘sha oldiqochdi ritsarlik romanlarida saxovatli ritsarlar sadoqatli xizmati evaziga qurolbardorlarini munosib taqdirlashi, jangda qo‘lga kiritilgan kattaroq o‘ljani yoki egallangan biror yerni tortiq etishi tasvirlangani, Don Kixot tiliga ko‘chgan shu tasvirlarning Sancho Pansada katta ishtiyoq uyg‘otgani sabab bo‘lgandi. Umuman, donkixotcha savdoyilik aynan shu Sancho Pansa obrazi bilan birgalikda yanada yorqin qiyofa kasb etgan.

Shuni ta’kidlash joizki, Don Kixot jisman real borliq, ruhan esa xayollar, orzular olamida yashardi. O‘z jismini ham o‘sha olamning teng huquqli a’zosi sifatida tasavvur qilgan (reallikni noreallik bag‘rida topgan) ritsar o‘zi yaratgan dunyoning eng aziz siymosi etib Dulsineya Tobosskayani tanladi. Ehtimol, bu ayol boshqalar uchun oddiygina qishloq qizi Aldonsa Lorensodir. Ammo u zaminga dong‘i taralgan jahongashta ritsarning qalbini zabt aylagan! Shu bois Dulsineya to‘g‘risida tahqiromuz gap aytilganda Don Kixot g‘azabla quyidagilarni izhor etmoqdan o‘zini tiyolmaydi: “Hoy ahmoq, bekorxo‘ja, qishloqi, uning xayolining o‘zi menga qanchalik kuch, jasorat baxsh etishini bilasizmi? Ey tili ilonning tiliday qaldiragan muttaham, kim qirollikni egallab, devning kallasini uzdi hamda sizni makr qilib qo‘ydi (zeroki o‘ylangan narsani qilingan deb hisoblayman) ? O‘zining jasorati uchun meni tanlab olgan Dulsineyaning qahramonligi emasmi bu? U mening qonimda, men bilan zafar quchyapti, uning yodi bilan qalbim tepadi, nafas olaman, u mening hayotim, borlig‘im.”

E’tiborlisi, Don Kixotga xos bunday fanatizm, jizzakilik qay bir jihatlari bilan o‘tmishda qolgan shonli German imperiyasini qayta tiklash da’vosi ostida XX asrning 30yillarida hokimiyatga kelgan natsistlarni yo bo‘lmasa hozirgi davrda xalifalik zamonlarini qo‘msab yurgan turli diniy-ekstrimistik tashkilotlarni eslatib yuboradi. Umuman olganda esa eski kitoblardagi eski voqelikka bor vujudila yopishib olgan Don Kixot tabiatan aqlsiz, saviyasiz emas. Karvonsaroyda kechlik ovqat mahali uning atrofdagilarga qarata harbiy ish va ilmfan haqida aytgan dono fikrlarini bir eslang. O‘sha chog‘da bundan muassir bo‘lganlar — “Dasturxon atrofida o‘tirgan boshqa kishilar esa, mana



shunday aqlli, shirinso‘z odamning gap ritsarlik tomon burilishi bilanoq ten

takdan farqi bo‘lmay qolishidan beixtiyor afsuslanishdi”

Darhaqiqat, tabiat Don Kexanoni aslida oqil qilib yaratgan. Biroq keksayganda ritsarlik “allergiya” siga yo‘liqib, qalbu ko‘zini tuman qopladi. Muallif tomonidan achchiq istehzoyu satirik pafos asosida munosabat bildirilgan ritsarlik udumlariga qat’iy, shu bilan birga, ko‘rko‘rona amal qilib, o‘ziniyu boshqalarni bekordanbekorga qiynadi, ko‘p tashvishga qo‘ydi. O‘qigan romanlari bu insonga faqat grafu grafinya uchun ko‘ngilochdi tomoshalar manbai bo‘lmoqqa, kulgu, masxara bo‘lmoqqa yaradi, xolos. Don Kixotning yaxshiligi jabrini totgan — aynan ritsarning aralashuvi xo‘jayini tomonidan qasdmaqasd ravishda battarroq kaltaklanishiga olib kelgan Andres ismli bola eskilikka, donkixotcha mahdudlikka qarata shunday deydi:

Olamdagi barcha jahongashta ritsarlar bilan birgalikda gumdon bo‘linglar!”

Nihoyat, bu xurofotdan, mahdudlik ofatidan Don Kixotni ming mashaqqatlar bilan esada, sog‘lom aql egasi, navqiron hamda qat’iyatli yigit — yangi zamon — Uyg‘onish davrining tipik vakili, bakalavr Samson

Karrasko xalos qildi. Tadbirkor yigit aynan ritsarlik vositasida qari idalgoni ritsarlikni tashlab, uyga qaytishga majbur eta oldi. O‘z mulkiga qaytgan Don Kixotning miyasi endilikda mahdudlikdan forig‘ bo’lgan, umr esa nihoyalab qolgandi... Tentakdek yashab, donishmanddek o‘lguvchi bu inson hayotining ayni shu pallasigacha bosib o‘tgan yo‘li to‘g‘risida shunday xulosa qilish mumkin: Sokrat, Beruniy, Ibn Sino, Kopernik, Ulug‘bek, Jordano Bruno, Galiley singari allomalar o‘z davrlaridan il garilab ketganlari bois zamondoshlari ularni sig‘dirmagandi. Don Kixot esa zamonasidan bir necha asr orqada qolgani oqibatida shu ko‘yga tushdi. Don Kixot mahdudligining ham, ma’naviy regressga olib kelayotgan XXI asr mahdudligining ham butun fojiasi ana shunda.


Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish