Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


V.3. Tabiat, borliq va inson masalalari yoritilgan



Download 368 Kb.
bet32/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

V.3. Tabiat, borliq va inson masalalari yoritilgan

ruboiylar
Inson dunyoga kelibdiki, atrofini, o‘zini qurshagan olamni o‘rgangisi, bilgisi keladi. Shu yo‘lda u tinibtinchimaydi, izlanadi. Nima uchun shunday? Chunki odam dunyoni — o‘zligini o‘rganib, o‘z iqbolini topadi. Mustaqim Rofiy ruboiylaridan biri aynan shu haqda:

Dunyo nima? Borliq, mavjudot.

Harakat ne? Olam iqboli.

Dunyo bilmoq yashashdan murod,

Riyozatda inson iqboli.

Demak, bizning tirikligimiz sababi bilmoq ekan. “Dunyo nima?” degan

savolga javob topish ekan! To‘g‘ri, bu azaliy masalaga turli davrlarning turli mutafakkirlari turlicha yondashganlar. Jumladan, Aflotun olam mohiyatini “ideya” (“g‘oya”) larda ko‘rsa, Gegelda unga “oliy ruh” deb qarash ustuvor. Ba’zi sharq donishmandlari esa olam markaziga Muhabbatni qo‘yishadi. Faylasuf shoir Rofiy bo‘lsa yashashning ma’nosini “bilmoq”da deb biladi. Chindan ham, butun koinot miqyosida olganda zarraning zarrasi bo‘lgan insonning qo‘lidan bilishdan boshqa nima ham kelardi?! Shunga ishora etibmi, shoir “Hamon bilmaydirman nedir alif, lom” deya bir she’rida bitgandi. Nima bo‘lganda ham, kishi qo‘lidan kelgancha ilm o‘rganmog‘i lozim. Chunki hozirgina ta’kidlaganimizdek, odam — zarraning zarrasi. U ko‘p hollarda boshqalarni, hattoki tabiatni ham boshqarishga urinsada, aslida o‘zi ko‘zga ko‘rinmas kuchlarga tobe. U qachon qayerda o‘ziyu o‘zgalarga nima bo‘lishidan, bo‘lganda ham qanday bo‘lishidan mutlaqo bexabar. Kelajakni faqat ilm orqasidan uqish mumkin:

Shu tilsimot qa’ridan xabar

Berur bizga samoviy holat.

Qay kunimiz ro‘zi mo‘tabar,

Qachon bizni kutar falokat...

Biroq shunda ham — inson qismatidan xabar topganida ham, undan

qochib ketolmaydi:

Ko‘hna dastgoh aylanur hamon

Bor olam g‘ayb sirini ochib.

Haqiqat shu: hech kim hech qachon

Qutulolmas taqdirdan qochib!

Mazkur ruboiyda dunyotaqdiri azalning yangicha obrazi yaratilganini ta’-

kidlash joiz. Dastgoh! Darhaqiqat, koinot bu — tinimsiz harakatda, aylanishda bo‘lgan, cheksizlik, abadiyat mujassam qurilma. U materialistik qarashlar bo‘-yicha, insonning ongu shuuridan tashqarida. Lekin insonning o‘zi, ongu shuuri koinotdan mustaqil emas. Shu bois g‘ayb sirlarini ochmoqqa havasmand, yanada aniqroq aytganda, mahkum bo‘lgan odamzod yozmishidan uzoqqa ketolmaydi. Ammo agar tangri qo‘llasa, inson ongiyu qo‘li qudratli kuchga aylanadi:

Charx quyoshi kezadi jahon,

Gunoh, savobikki dunyodir.

Xudo madad bersa gar, inson

Tadbir ila har nega qodir!

Biroq buning uchun hali bir necha bora uqtirganimizdek, avvalo, ilm olish, zahmat chekish, Rofiy tili bilan aytganda, “riyozat”, “ibodat” darkor:



Bor olam ganjini saralar Zargar,

Kimga tosh ulashar, kimga inju zar.

Hech kim rad etolmas buyuk haqiqat:

Boqiy dunyo uchun shartdir ibodat!

Bu olam o‘zi shunday qurilgan: Olloh har kimning salohiyatiga yarasha nasiba, o‘rin, martaba, obrazli qilib aytsak, “tosh” yoki “zar” bergan. Agar bunga rioya qilinmaganda, jamiyatda xaos vujudga kelardi. Fazoda ham shunday: yulduzu sayyoralarning cheksiz bo‘shliq ichida o‘z orbitalari, ta’sir doiralari mavjud. Ularning ham o‘z hajmi, shaklshamoyillari, vazni-yu energiyalari, yo‘ldoshlari tayin. Mabodo bu aniqlikka, qat’iylikka zarracha putur yetsa, olam uyi vayron bo‘ladi. Tabiatnida, jamiyatnida bir yo‘sinda tutib turguvchi esa “me’yor” deb ataladi:



Xudoga teng bo‘lmas biror tadbirkor,

Boqiy dunyo uchun hidoyat darkor.

Bu dunyo boshidan o‘lchab qurilgan,

Koinot buzilur, bo‘lmasa me’yor!

Ha, Mustaqim Rofiyning falsafiy konsepsiyasi shunday. Fizik shoir fizika, astronomiya fanlari yutuqlari asosida badiiy shakldagi ana shunday xulosaga kelmoqda: me’yor!

Umuman, Rofiyning Tabiat, borliq va inson birligi to‘g‘risidagi ruboiylari

fizik lirika, lirik fizika bilan to‘yingandir. Ulardagi badiiy konsepsiya ilmiy hamda falsafiy konsepsiyaga omuxtadir.

Rofiy ruboiylari hayottabiat va jamiyat masalalari haqqoniy tarzda yoritilgan, insoniy quvonchu dardlar original ravishda aks etgan asarlardir. Bu ruboiyotda biz abadiy qaramaqarshiliklar — musbat ma’noga ega “yo‘lbars”-u “lochin”larni, “zaru inju”ni, “quyosh”ni, “muhabbat”ni, “me’yor”ni, “Haq”ni ham, manfiy obrazlar – “zog‘”u “maymun”larni, “tosh”ni, “fohisha”yu “o‘g‘ri” ni, umuman razolat tasvirini uchratamiz. Biridan quvonsak, ikkinchisidan iztirob chekamiz.

Bundan tashqari, Rofiy fizik hodisalar fonida muhim ijtimoiy muammolar bilan birga, odamzod har doim qiziqqan, talpingan muqaddas

tuyg‘ularni, hayotiy maslaklarni kitobxon shuurida qayta jonlantiradi.

Shu bilan birgalikda, mazkur ruboiylar barcha uchun axloq darsligi

vazifasini o‘taydi.


Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish