Бадиий адабиётда илм-фан ютуқларининг бадиий талқини


V.2. Shoirning didaktik she’rlari



Download 368 Kb.
bet31/35
Sana06.01.2022
Hajmi368 Kb.
#322367
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
RUSTAMJON IBRAGIMOVNING DISSERTATSIYASI

V.2. Shoirning didaktik she’rlari
Mustaqim Rofiy qalami kattagina faylasufning, aniqroq aytganda,

dialektning qalamidir. Uning qator ijod namunalarini dialektik poeziyaning yorqin ko‘rinishi sifatida baholasa bo‘ladi. Masalan, turli irq-u millat, xalqlar, mamlakatlarning dunyoda tutgan o‘rni masalasidek global masalaga bunday ijodkor qanday yondashishi mumkin edi? Albatta, ortiqcha subyektivizmdan xoli, muammoning barcha ikirchikirlari, o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda tafakkur qilgan bo‘lardi. Rofiy ham ko‘p zamonlardan buyon atrofida qaramaqarshi fikrlar aylanib yurgan bu mavzuga xolislik pozitsiyasida turib munosabat bildirdi:



Odam ahli asli tengu qadrdon,

O‘zbek ham, tojik ham, farangu olmon.

Zaminimiz birdir, bittadir osmon,

Hech kim xudo emas, oddiy bir inson!

Tarix maydoniga jahonga hukmronlik, xudolik da’vo qilganlar ko‘p

chiqdi. Ammo ularning hech qaysisi dunyoga ustun bo‘lolmadi. Nima uchun?!

Chunki “Hech kim xudo emas, oddiy bir inson!”. “Modomiki Xalloq emas

ekansan, boshqalarni yerga urib nima qilasan, ot surib, qilich o‘ynatib, to‘p otib nimani ham toparding, ey odam! Axir, barchamiz Odam Ato-yu Momo Havoning farzandlarimiz, yagona makonda yashaymiz, bir havodan nafas olamiz. Shukr qilib, ahil bo‘lib yashasang netardi?!”

Shoir bu haqiqatni juda yaxshi anglaydi va anglatadi. Rofiy o‘z o‘gitini boshqa bir ruboiysida yanada rivojlantirgan:



Yashar joying shimol, g‘arbmi yoki sharq,

Har kim o‘z tashvishu g‘ami bilan g‘arq.

Hech kim emas biri biridan ortiq,

Bilganimiz bir harf, yo‘qdir o‘zga farq!

Darhaqiqat, biz insonlar nimanidir o‘rganib olamizda, xuddi dunyoni

ag‘dargandek his qilamiz o‘zimizni. Oz o‘rganganimiz ko‘zimizga bir olam bo‘lib ko‘rinadi. Darhaqiqat, bilganimiz aslida birgina harf. Biroq shu kichkina harf ko‘plarni aldab qo‘yadi. Oqibatda kishi kibrhavoga beriladi, yo‘ldan adashadi. Rofiy nuktadon olim, sinchkov shoir hamda hayotning balandpastini ko‘p ko‘rgan inson sifatida bizni bu balolardan ogoh etadi.

Umuman, insonning adashuvi, adashuvlar tanqidi Rofiyning didaktik she’ri-yatida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Odam bolasining o‘zidan ko‘ra boshqalarni yaxshiroq bilishi hamda buning oqibati o‘tgan mutafakkirlarni da-vomli o‘ylarga cho‘mdirgan edi. Rofiy ham shu muammo ustida bosh qotiradi:



Odamzod “Nega?” deb aslo o‘ylamas,

Unga zar ko‘rinar birovdagi xas.

Xudo berganiga hech shukr qilmas,

Haq bergan har in’om — tengsizdir, bilmas!

Haqiqatdan ham biz boshqalarning holiga o‘z taqdirimizga nisbatan

ko‘proq havas qilamiz. Gohida harom mol to‘plaganlar qo‘lidagi bir siqim boylik bir ne’mat bo‘lib tuyuladi. Tangri bizga ravo ko‘rganlarga esa bepisand munosabatda bo‘lamiz. Nega? Buning sababi dastlabki misradayoq aytib qo‘yilgandir: “Odamzod “Nega?” deb aslo o‘ylamas!”

Biz ko‘pincha sababiyatni axtarmasdan, yuzaki narsalarga alahsib qola

miz. Hamma balo mana shunda. Rofiy tilga olgan insoniy ziddiyatlar ichida azaliy muammolar haq va nohaqlik, iste’dod va iste’dodsizlik dialektikasi ham uchraydi. Shoir jamiyatda har kim o‘ziga mos martabada bo‘lishi lozim deb hisoblaydi. Bunga ters holatdan esa yozg‘iradi:

Dunyoda qolmasa yo‘lbarsu lochin,

Maymun zoti kiyar qirollik tojin.

Zog‘lar ijod bog‘in aylasa makon,

Dunyoga hukmron bo‘ladi nochin!

O‘z vaqtida Beruniy-u Ibn Sinolarni, Al Buxoriylarni quvg‘in qilgan, Ulug‘bekni farzand qo‘li bilan o‘ldirgan, Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarni sotgan kimsalar bu iste’dodlar o‘rnini egallagan edilar. Moziyning ushbu achchiq haqiqati lirik qahramonga tinchlik bermaydi. Mazkur masalona ruboiyda barcha zamonlarning ulug‘ dardi — noqobil kimsalarning izzatda, iste’dodlarning esa poygakda bo‘lishi masalasi, agar shunday holat bo‘lganda kishilik jamiyatida qanday nomutanosiblik yuzaga kelishi — nochin hukmronga aylanishini aytib, hammani xushyorlikka chorlaydi. Har xil badbin kimsalarning ezgulik nomidan gapirishi, qilmagan ishlarini qildim deb ont ichishi nozik ko‘ngil ijodkorni iztirobga solmay qo‘ymaydi.

Yuqoridagi ruboiyda tilga olingan “maymunlar”, “zog‘lar”, “nochinlar” odatda o‘z qilmishlarini saxovat, aqlidrok, iqtidor niqobiga o‘raydilar.

Bundaylar mutafakkir shoirning achchiq satirik nayzasiga nishon bo‘lgan:



Fohishamish eng mohir “sarkor”,

O‘g‘ri esa — “oqil, tadbirkor”,

Hech bir ishdan qilmaydurlar or,

Ayturlar: Biz — sohib iqtidor ...

Zaharxanda bilan aytilgan bu gaplar zamirida ulug‘ dard, ulug‘ fojia yotibdi. Zero, yolg‘on, munofiqlik mavjud joyda bunyodkorlikka, taraqqiyotga o‘rin yo‘q. Har kim o‘z ekkanini o‘rar ekan, hosil yig‘ishdan oldin yerga nima qadaganini eslasin, bilsin. Shundagina kishi o‘zining qo‘lidan keladigan ishlarga kirishadi, kelmaganiga botinmaydi. Chunki shoir aytganidek:



Aqling yetmas ishni sen qilma zinhor,

Minora qurolmas har qanday me’mor.

Qanoti bor har ne uchmas samoda,

Har bir barmog‘i bor chalolmas setor!

Xo‘sh, odam har narsani havas qilavermasligi kerak ekan, unda qanday yashamoq lozim? Nimaning etagidan tutmoq darkor? Bu savolgada iste’dodli ijodkorning javobi tayyor:



Dunyo — maydon, mangu harakat,

Unda zarra — inson, koinot.

Riyozatdan kelur barakot,

Bilinadir faqat mumkinot!

Bu olam azaldan mavjud, u bundan keyin ham mavjud bo‘lajak. Abadiyatni ta’minlovchi kuch esa mangu harakatdir. Shu mangulik oldida

odam hech narsa emas, albatta. Ammo shu bilan birga, inson butun borliqning bir zarrasi, a’zosidir. Bir so‘z bilan aytganda, bani odam — mikrokosmos. Ana shu mikrokosmoslikning asosiy sharti esa mehnat, izlanish, ilm sari bosilgan har bir zahmatli qadamdir, ya’ni riyozatdir. Barakot faqat intilish va qiziqish mevasidir. Rofiyning mazkur satrlarini uqqan kitobxon xotiriga beixtiyor “Sendan harakat — mendan barakat” ko‘rinishidagi qur’onona ohanglar, yoki

bo‘lmasa hazrat Naqshbandning “Dil ba yor-u, dast ba kor” (“Qo‘ling ishda,

ko‘ngling xudoda bo‘lsin!”) shaklidagi hikmatlari keladi.

Umuman, Mustaqim Rofiyning axloqiy-ta’limiy ruhdagi ruboiylari asosi chuqur hayotiy bilim, olam hodisotlariga ayricha nigohdir. Uning pando‘gitlari kitobxon uchun katta darsdir.




Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish