Bachadondan anomal qon ketishlar. Bachadon miomasi, endometrioz. Bachadon miomasi



Download 39,81 Kb.
bet11/17
Sana23.01.2022
Hajmi39,81 Kb.
#406419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
BACHADONDAN ANOMAL QON KETISHLAR

ENDOMEТRIOZ

Endometrioz deb, bachadon shilliq qavati (endometriy) hujayrasining bachadondan tashqarida joylashib, taraqqiy qilishiga aytiladi. Endome­trioz o’zgarishi bo’lgan yerdan to’qimani olib, mikroskop ostida qaralsa, keskin chegaralangan, mayda-mayda pufakchaga o’xshash bo’shliq yoki ari uyi­nini eslatadigan alomatlar ko’riladi. Pufakchalar ichida shilimshiq mod­da yoki qoramtirroq parda bilan qoplangan, gistologik tuzilishi bilan huddi bachadon bo’shlig’i shilliq qavatining tuzilishiga o’xshaydi.

Endometrioz joylashgan o’chog’ida proliferatsiya, sekretsiya yoki hayz ko’rganda ajraladigan qonga o’xshash qon quyilish belgilari kuzatiladi, ya’ni bachadon shilliq qavatidagi tuxumdondan ajralib chiqadigan ste­roid va gonadotrop gormonlar ta’sirida bo’ladigan siklik o’zgarishlarga o’xshash alomatlar kuzatiladi.

Endometriozlar esa o’z atrofida joylashgan to’qimalarga o’sib kirish xususiyatiga ega. Bu bilan to’qimalarga proteolitik ta’sir qilib ularni parchalab, undan ham chuqurroqdagi qismlarni zararlantirishi mumkin. En­dometrioz chegarasi notekis bo’lib, u seroz, mushak va shilliq qavatlarga, teriga, suyak usti pardasiga, hatto suyak to’qimasiga ham o’sib kiradi, endome­trioz pufakchasi yorilganda a’zoning hamma qismlariga qon, limfa yo’llari orqali tarqalishi kuzatiladi. Ginekologik kasalliklar orasida endome­trioz 8-30% hollarda uchraydi. Endometriozning kelib chiqish sabablari:



  1. 1896 yili Liklengauzer – tug’ma embrionlarning qoldiqlaridan tashkil bo’lishini ta’rifladi.

  2. 1896 yili Ivanov, qorin pardasining mezoteliy qavatida endometrioz shakllanishini ta’rifladi.

  3. Implantatsion nazariya.

  4. Migratsion nazariya.

  5. Immunologik nazariya.

  6. Starseva taklifi bo’yicha T-limfotsitlar xos hujayralarning qon orqali tarqalishi.

  7. Gormonlar nazariyasi -bu nazariya tarafdorlari estrogen moddasini tajribada ko’p miqdorla yuborib endometrioz kasalligini paydo qilganlar.

 

Endometriozning yuzaga kelishi va rivojlanish nazariyasi.

1.Embrional nazariya: bu nazariyaga asosan endometroid geterotopiyalar paramezonefral (Myuller) yo’llari yoki embrional qoldiq hujayralaridan rivojlanadi (bulardan keyinchalik jinsiy a’zolar va endometriy vujudga keladi). Bu nazariyani isbotlashda V. P. Baskakov 1979 yili «Endometriozning bolalar va o’smirlarda (12-13 yosh), rivojlanishi va jinsiy a’zolar nuqsonlari bilan qo’shilib kelishi» haqida aytib o’tgan.

2.    Implantatsion nazariya bo’yicha. Bachadon shilliq qavatining hujayralari hayz davrida hamda ginekologik muolajalar vaqtida jinsiy a’zolar yaqinidagi to’qima va a’zolarga tarqalishi mumkin, ya’ni ginekologik tashxis vaqtida, bachadon naylariga havo yuborilganda, eroziyani elektrokoagulyatsiya qilinganda. Endometriozni to’g’ri ichak va bachadonning mushak qatlamida, bachadon keng boylamining orqa tomonida ko’proq uchrashi bu nazariyaning to’g’riligini isbotlaydi.

3.  Metaplastik nazariya -endometriozning yuzaga kelishida metaplaziyaga uchragan qorin pardasi mezoteliysi turadi (Mayer).

4.   Endometrioz paydo bo’lishida irsiy omilning ham ahamiyati bor.

5.  Neyro-endokrin nazariyasiga asosan gipotalamo-gipofizar ­tuxumdon sistemasidagi bog’liqlikning buzilishi, tuxumdon ish faoliyatining o’zgarishi natijasida follikullar yetilishining sekinlashishi organizmda estrogen gormonlarning kamayishiga sabab bo’ladi, ovulyatsiyaning kechikishiga va  sariq tana faoliyati sustlashishiga olib keladi. Organizmda nisbiy estrogenemiya rivojlanadi, bu esa o’z navbatida endometrioz yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. (A. N Strijakov 1977, 86 yy.).

6.   Immunologik nazariya -endometrioz autoimmunologik kasallik ekanligi ta’kidlanadi: Т-hujayra immuniteti pasayib, B-­limfotsitar sistemasining aktivligi oshishi, immunoglobin G va A ko’payib, endometrioz to’qimalariga nisbatan autoantitanalar paydo bo’lganligi aniqlangan. (N. V. Starseva, 1983). Т-limfotsitlar kamayishi bilan ularning retseptor apparati o’zgaradi, Т-supressorlar va Т-limfotsitlarning xelper omilni ishlab chiqarishi pasayadi (L. Ya. Suprin.).

Jinsiy a’zolardan tashqarida rivojlangan endometrioz 5% hollarda uchrab, bunda ko’proq to’g’ri ichakda, tashrixdan keyingi chandiqlarda, kin­dik sohasidagi endometriozlar kuzatiladi.

1.   Kasallikning klinik manzarasi, endometriozning qaysi sohada joylashganligiga bog’liqdir. Endometriozning asosiy va doimiy belgilaridan biri – og’riqdir. Bemor qorinning pastki sohasida va belida kuchsiz, uzoq davom etadigan og’riqlar kuchayganidan shikoyat qiladi, hayz sikli davrida og’riqlar kuchayganligidan shikoyat qiladi. Og’riq hayz kunlaridan oldin paydo bo’lib, kuchayib hayz kunlari va undan keyin ham bemorni bezovta qiladi. Bu og’riqlar endometrioz o’chog’idagi bez to’qimalarning bo’rtishi, to’qimalarning ichi berk bo’shliqlarida suyuqlikning to’planishi natijasida kelib chiqadi.

 


Download 39,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish