Babayeva d. R


Adilova  S.  Multimedia va ulami  ta'lim jarayonida qo‘llash // Pedagogik



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Adilova  S.  Multimedia va ulami  ta'lim jarayonida qo‘llash // Pedagogik 

ta'lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 20-21.

353


Shuning  uchun,  MTMlarda yangi  materialni  o‘rganishda be- 

vosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu 

holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.

3.  Bilvosita  dialog  -   virtual  axborot  muhitida  kompyuter  bilan 

dialog  asosida  multimedia  texnologiyasi  amalga  oshiriladi. 

Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan 

material  mustaqil  takrorlanadi,  mashqlar  mustaqil  bajariladi, 

multimediali  kompyuter  o‘yinlari  mustaqil  amalga  oshiriladi 

va  bola  mashqlami,  komyuter  qo‘ygan  vazifalami,  o‘yinlami 

takror-takror  bajarib,  qo‘yilgan  mashg‘ulot  maqsadiga  erisha 

oladi.  Bu  holda  multimedia  texnologiyasidan  foydalanganda 

kompyuter  ta’lim  manbai  rolini  o‘ynaydi.  Maktabga  tayyor­

lov  guruhlarini  savodga  o‘rgatishda  multimedia  texnologiya­

sidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir. 

Mashg‘ulotlar  «Bolajon»  dasturi  asosida,  belgilangan  rejalar 

asosida  olib  boriladi.  Yangi  mashg‘ulotlami  o‘rgatishga  qa- 

ratilgan,  tekshiruychi  -  sinovchi,  majmuaviy  «sayohab  yoki 

«ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.

Mashg‘ulotning o‘yin shakli.

Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro ‘parasi ga j oylashtiradi.

Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallami monitor ekraniga 

chiqaradi.  Bolalaming  diqqati  ekranga  chiqqan  materialga  qaratiladi. 

Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar 

tarbiyachi  (pedagog)  bergan topshiriqni mustaqil bajaradi.  0 ‘iganilgan 

material mustahkamlanadi. Bolalaming mashg‘ulot davomida olgan bi- 

limi baholanadi. 0 ‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.

Mashg‘ulot  mazmuni.  Multimedia  texnologiyasidan  foydalanib 

o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlar  kompyuter  texnologiyasiga  asos- 

lanadi.  Shuning  uchun,  multimedia  texnologiyasiga  asoslangan 

mashg‘ulotlami  kompyuter  mashg‘uloti,  deb  ham  atash  mumkin. 

Kompyuterli  mashg'ulotlaming  aksariyati  birlashgan  mashg‘ulotlar 

shaklida o‘tkaziladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchi- 

laming kompyuter oldida  15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emas- 

ligi e’tiborga olinishi kerak.  Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha

354



yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham 

bolaning kompyuterda shug‘ullanishi  15-20 daqiqa etib belgilangan. 

15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach,  15-20 daqiqali 

oraliq bosqichi o‘tkaziladi.

Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilaming toliqishini hisob­

ga  olib,  kompyutersiz  amalga  oshiriladigan  mashg‘ulot  o‘tkaziladi. 

Kompyutersiz  o‘tkaziladigan  ushbu  oraliq  mashg‘ulotlarda,  mav- 

zuga tegishli  og‘zaki  savol-javoblar,  topishmoqlar, turli mazmunda- 

gi  o‘yinlar,  amaliy  tadbirlar  (masalan,  qaychi  bilan  harflar  qirqish, 

qog‘ozda yozishga  o‘rgatish)  o‘tkaziladi.  Shuningdek,  she’r,  ashula 

aytiladi  va jismoniy  mashqlar  bajariladi.  Jumladan,  ko‘z  toliqishi­

ni  bartaraf etuvchi  ko‘z  gimnastikasi  -  bir  necha  daqiqa  davomida 

ko‘zni  ochib  yumish,  xonaning  burchaklariga  navbatma-navbat  na- 

zar tashlash kiradi.  Oraliq bosqichdan so‘ng yana  15 daqiqali asosiy 

mashg‘ulot davom ettiriladi.

Yangi  bilim  berishda  bevosita  dialog  metodidan  foydalanishni 

maktabga  tayyorlov  guruhlari  bolalarining  yoshlari  (6-7),  ulaming 

fikrlash darajalari  va boshqa xususiyatlarini  e’tiborga olishni taqozo 

etadi.  Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter di­

daktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.

Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog meto- 

dining algortmi:

1.  Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga -  topshiriq, savol, mashq- 

ni bajarish yoki o‘yinni bajarishni buyuradi.

2.  Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.

3.  Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini 

bildiradi.

4.  Noto‘g‘ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.

5.  Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.

Kompyuterda  ishlovchi  bola  mashqlami  va  kompyuter  qo‘ygan 

vazifalami,  o‘yinlami  takror-takror bajarib,  maqsadiga  erisha  oladi, 

chunki kompyuter -  «bag‘ri keng»  va «toqatli,  sabrlidir».  Bola xato 

qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tan- 

beh  bermaydi.  Ammo  bolalar  kompyuterda  mustaqil  ishlagan  hol- 

larda ham ulaming harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.

355



Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda 15 daqiqa uzluk- 

siz monitor  ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «si- 

chqoncha»  va klaviatura kabellarining  uzunligi  masofasida joylash- 

gan  holda  bolalaming  95  foizi  15-20  daqiqadan  so‘ng  toliqishlari 

yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining 

ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyi- 

dagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:

1)  agar  u  yoki  bu  multimedia  vositasi  tarbiyalanuvchilarga 

bayon  etib  borilmasdan  namoyish  etilsa,  u  oddiy  multfilm 

bo‘lib qoladi.

2)  agar  tarbiyachi  multimedia  vositasini  namoyish  etish 

davomida  uni  tahlil  etib  (tushuntirib,  bayon  etib)  borsa, 

ta ’lim  jarayonini  aks  ettirib,  multimedia  texnologiyasiga 

aylanaii.

Agar  MTMdagi  kompyuterlar  soni  5-6  dan  ortiq  bo‘lsa, 

*mashg‘ulot  fo n ta l  ravishda,  bitta  bo‘Isa,  undan  navbatma-nav- 

bat  foydalani  gan  holda  o‘tkaziladi.  Bunday  holda  taklif etilgan 

(birinchi  tarbi/alanuvchi  tarbiyachi  tomonidan  berilgan  savolga 

to‘g ‘ri  javob  bera  olmasa,  ikkinchisidan  so‘raladi.  Agar  MTM- 

larda.proyekt >r  va  ekran  (yoki  elektron doska)  bo‘lsa,  tarbiyachi 

mashg‘ulotni  «kompyuter-elektron  doska»  usulidan  foydalanib 

olib boradi.

15-20  daq;qali  ikkinchi  bosqichdan  so‘ng,  uchinchi  bosqichda 

birinchi  bosqichda  kompyuterdan  foydalanib,  o‘rganilgan  material- 

lar  savol-javob  asosida  mustahkamlanadi  va  tarbiyalanuvchilaming 

bilimlari  baholanadi.  Mashg‘ulot  oxirida  uyga  vazifa  beriladi.  Tar­

biyalanuvchilarga  uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda 

uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Mashg‘ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhla- 

rida mashg‘ulotlar garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u 

yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg‘ulotning texnologik 

xaritasini  tuzib  olishi kerak.  Xaritada mashg‘ulot mavzusi, maqsadi 

va  vazifalari,  mashg‘ulot  mazmuni,  mashg‘ulotni  amalga  oshirish 

texnologiyasi,  kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks 

etishi kerak


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish