Babayeva d. R


  Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

2. 

Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida 

bolalarni tarbiyalash. Bugungi kunda farzandlarining ehtiyoj va intilish- 

lari asosida yuksak darajada ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘p.

Bola  har  qadamda,  har  daqiqada  kattalardan  ta’sirlanadi,  o‘rganadi, 

eshitgan  ko‘rganlarini  takrorlaydilar.  Ota-onalaridan  muloqotga  kirish 

madaniyatini o‘rganadilar, bu narga keyinchalik ulaming hayoti mazmuni- 

ni  begilaydi.  Ota-onalar  bolalariga  nutq  madaniyatiga  muvofiq  nimani 

qanday gapirish mumkin, nimani aytmaslik kerakligini yaxshi biladilar.

Nutq  madaniyati  inson  ma’naviy  madaniyatining  tarkibiy  qismi 

hisoblanadi. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir.

329



Ota-onalar  awalambor  bolalarining  nutq  madaniyatini  nazorat 

qilib borishlari,  bolalari nutqiga jiddiy  e’tibor berishlari,  muloqotda 

nutq etiket qoidalariga rioya qilishlari, bola nutqini takomillashtirish- 

ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari kerak.

Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jami- 

yat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalar- 

ning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik dara- 

jasiga bevosita bog‘liqdir.

Oila bola uchun  eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib,  bu muhitda 

shaxs kamolotida eng muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter 

va dunyoqarash shakllanadi.

Oilaviy  munosabatlar  farzandlaming  aqliy,  ruhiy  kamolotini 

ta’minlabgina qolmasdan,  ota-onalarda o‘ziga xos  faollikni ham yu- 

zaga  keltiradi.  Oilada  qaror  topgan  sog‘lom  ma’naviy-ruhiy  muhit 

farzandlaming yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishlari uchun be- 

qiyos ahamiyatga egadir.

Ota-onalar  o‘z  ijtimoiy  burchini  bajarar  ekanlar,  farzandlaming 

mehnatga, uni tashkil etuvck larga nisbatan mehr-muhabbat,  hurmat 

tuyg‘usini shakllantirish, ulami ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, 

turli  ko‘rinishdagi  munosab’atlarini  me’yorlarga  og‘ishmay  rioya 

etish, sog‘lom turmush tarzim yaratish, ko‘zda tutiladi.

Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol, 

ijtimoiy mehnat hamda oilaviy hayotga tayyor, nutq madaniyati shakl- 

langan,  so‘zga  boy  shaxsni  o‘sib  ulg‘aytirib  beradi.  Ota-onalar  bo­

lalarining yetuk, barkamol va sog‘lom o‘sishlarida ulaming kundalik 

hayotiy rejimiga amal qilishlari nihoyatda muhimdir.

Oilada  uyushtirilayotgan  suhbatlar  alohida  diqqatga  sazovor- 

dir.  Odob-axloq mavzusida uyushtirilgan muloqotlar  farzandlaming 

til  vositalarini  mustaqil  tarzda  qo‘llashlariga  erishish  zarurligini 

ko‘rsatadi.  Bunday  oilaviy  suhbatlar  farzandlaming  kundalik  faoli- 

yatida, sayru sayohatlarda samarali natija berishi shubhasizdir.

Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy 

talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so'zlami aniq va tiniq 

talaffuz  etib,  so‘z boyligini  rivojlantirmog‘i  lozim.  Bolalar  shaxsini 

shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kam-

330



chiliklar  hali-hanuz  oilalarda  yetarli  darajada  emas.  Ota-onalaming 

bolalarga beparvoliklari,  so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat 

bermasliklari oilada bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.

Oilada  bolalar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  tizimi  birgalikda 

uyushtiriladigan  o‘yinlarda,  sayrlarda  yuqori  darajada  shakllanadi. 

Bolalaming nutq madaniyatini shakllantirishda oiladagi katta-kichik- 

lar, tengdoshlari bilan qilinadigan muomalalari ko‘proq rol o‘ynaydi.

Farzandlaming o‘z harakatlari va xulqini boshqara bilishi diqqat, 

fikr va xotira sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.

Oila  va  oilada  bola  tarbiyasi  doimo  dolzarb  muammolardan  biri 

bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi. Tarbiya ishi 

qanchalik  erta  boshlansa,  hosil  ham  shuncha  erta  ko‘zga  tashlanadi. 

Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari  tarbiyachilari  hamda 

pedagoglaming  vazifasi  yosh  avlodni  aqlan yetuk, jismonan  sog‘lom, 

axloqan  pok,  barkamol  inson  qilib  tarbiyalashdan  iboratdir.  Sog‘lom 

bola awalo sog‘lom va mustahkam oilada dunyoga kelishi,  muqaddas 

dargohda o‘sib, ulg‘ayib, tarbiyalanib voyaga yetishi hammaga ma’lum.  ? 

Oilada farzand tarbiyasida qo ‘yilgan har bir xato va kamchilik insonning 

kela.agiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmasdan  qolmaydi  va  aksincha to‘g‘ri  va  < 

soglom bola tarbiyasi kelajak poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

Bola tarbiyasi bilan shug'ullangan oilalaming bolalari ta’lim muas- 

■ 

sasasida  o‘z  imkoniyatlarini  mashg‘ulot  jarayonida  qiynalmasdan 



ko‘rsata oladilar.  Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani 

nafaqat jismoniy  va  aqliy jihatdan  rivojlantiradi,  balki  uni  ma’naviy 

shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  Oila va ta’lim muassasalari to- 

monidan  bolalarga  berilayotgan  taTim-tarbiya,  pandu  nasihatlari  ha- 

qiqat yo‘lida xizmat qilishga da’vat etishidan iborat bolishi lozimdir.

Oila va maktabgacha ta’lim muassasalarining eng dolzarb vazifalari- 

dan biri sog‘lom bola tarbiyasi ekan, demak, maktabgacha ta’lim muas- 

sasalarida hozirgi zamon talablariga mos ravishda, har tomonlama mu- 

kammal tarzda singdirilgan bilim,  tarbiya yosh go‘dak qalbida,  ongida 

muhrlanib  qoladi.  Bolalarni jismonan  barkamol  etib  tarbiyalash,  yetuk, 

yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni 

aqliy  tarbiya,  mehnat tarbiyasi, jismoniy  tarbiya va nafosat tarbiyasiga 

xos bo‘lsa, oilada ota-onalarimizning zimmasida sog‘lom nasi,  sog‘lom

331



bola tarbiyasi mas’uliyati, bolalarni sharqona uslubda tarbiyalash, milliy 

qadriyatlarimizni  kundalik hayotga  tatbiq  etish,  yoshlar qalbida Vatan- 

ga  muhabbat  ruhida  tarbiyalash,  imonu  e’tiqod,  insofu  diyonat  haqida 

ma’lumotlami to‘liq bilish bilan birga bolalardagi mehr oqibat, kattalarga 

bo‘lgan hurmat kabi xislatlami shakllantirish vazifalari turibdi.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish