K om paniyada m oliyaviy faoliyatning alohida jihatlari b o‘yicha
ishlab chiqilgan m oliyaviy strategiya va m oliyaviy siyosat asosida joriy
m oliyaviy rejalashtirish amalga oshiriladi.
Joriy m oliyaviy rejalashtirish joriy m oliyaviy rejalarning muayyan
turlarini ishlab chiqishdan iborat.
H ozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston xolding kompaniyalarida m oliyaviy
rejalashtirish tizim i vujudga kelish bosqichida turibdi. Bugungi kunda
rasmiy statistika moliyaviy hisobotlar tizim i amalda b o ‘lib, ichki xolding
rejalashtirishi va nazorat tizim i endigina shakllana boshladi.
Xolding kompaniyasida moliyaviy rejalashtirish tizimi ko‘p pog‘onali
hamda markazlashgan va markazlashmagan yondashuvlami uyg'un-
lashtirish asosida qurilgan.
Moliyaviy rejalashtirishning markazlashgan tizimi reja-hisobot
shakllari, ularni taqdim etish muddatlari, rejalami ishlab chiqish baza-
sining bir xilligidan iborat. Markazlashmagan tizim shu’ba korpo-
ratsiyalariga rejalarni ishlab chiqishda katta mustaqillik berishni ko‘zda
8 — T-31-11
113
tutadi. Bundan tashqari, xolding kompaniyasida moliyaviy rejalash-
tirishni tashkil qilishning boshqa xususiyatlari ham mavjud.
Iqtisodiy nuqtai nazardan xolding kompaniyasi bir rejali-nazorat
birlikni tashkil qiladi. 0 ‘z navbatida, iqtisodiy butlik tamoyiliga muvofiq
xolding hujjatlarida pul va moddiy oqimlami aks ettirishda yuridik
jihatdan mustaqil bo‘lgan shu’ba korporatsiyalar o'rtasida xolding
ichidagi ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalaming qiymat ifodasini
ko‘rib chiqmaslik lozim. Faqat shu tariqa ко‘rsatkichlaming birlashgan
tizimi mavjud iqtisodiy holatni va, umuman, xolding kompaniyasining
rivojlatiishini o‘zida aks ettiradi.
G ‘arb korporatsiyalarida moliyaviy rejalashtirishning asosiy jihati
— daromadlar (foyda) markazlari va xarajatlar markazlarini aniqlash
hisoblanadi. «Daromad markazi» deganda korporatsiyaga eng katta
foyda keltiruvchi bo'linma tushuniladi.
«Xarajatlar markazi» deganda esa, eng katta xarajatga ega bo‘lgan
yoki zarar keltiruvchi, lekin ishlab chiqarish-tijorat jarayonida muhim
rol o‘ynovchi bolinm a anglanadi.
Masalan, ko'plab g‘arb kompaniyalari «saksonga yigirma» qoidasiga
amal qiladi, ya’ni 20 foiz sarmoya sarfi 80 foiz foydani ta’minlashi
kerak. 0 ‘z navbatida, sarmoya sarfining qolgan 80 foizi faqat 20 foiz
foyda keltiradi.
Bunday yo‘nalish texnika bilan jihozlanganlik darajasi turlicha
bo‘lgan ko‘plab korporatsiyalami o‘z ichiga oluvchi mamlakatimiz
xolding kompaniyalari uchun ham maqsadga muvofiq. Bunga « 0 ‘z-
mevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasida bolalar ozuqasini
va jahon andozalariga mos keladigan idishlami ishlab chiqarish bo‘yicha
quwatlaming barpo etilishi misol bo‘ladi.
Joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi pul oqimlari mik-
dorini bashorat qilish asosida moliyaviy resurslar, sarmoya va zaxira-
laming ehtimoliy hajmini aniklashdan iborat. Joriy moliyaviy reja,
odatda, ко‘rsatkichlami choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda bir yilga
tuziladi.
Tezkor moliyaviy reja esa ko‘rsatkichlar oylar bo‘yicha taqsimlangan
holda chorak uchun tuziladi.
Moliyaviy rejalami islilab chiqishning qator boshlang'ich shartlari
ehtimoliy xususiyatga ega bo'lganligi bois o ‘tish davrining iqtisodiy
beqarorlik sharoitida xolding kompaniyasining joriy moliyaviy rejalarini
bir necha variantlarda («optimistik», «realistik», «pessimistik») ishlab
chiqish maqsadga muvofiq.
114
Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo‘limlari, ya’ni mahsulot
ishlab chiqarish, moddiy resurslarni xarid qilish, marketing, ilmiy
tadqiqotlar va ishlanmalar rejalari bilan o‘zaro bog‘langan.
Joriy moliyaviy rejalashtirishning obyektlari quyidagilardan iborat
bo‘hshi mumkin:
— tovarlar (mahsulot, ishlar va xizmatlar)ni sotishdan tushgan
tushum;
— foyda va uni taqsimlash;
— maxsus yo‘nalishdagi fondlar va ulardan foydalanish;
— soliqlar va yig'imlar shaklida byudjet tizimiga to'lovlar hajmi;
— yagona ijtimoiy soliq shaklida byudjetdan tashqari fondlarga
badallar;
— kredit bozoridan jalb etiladigan qarz mablaglarining hajmi;
— aylanma mablag‘larga rejali ehtiyoj;
— kapital qo'yilmalar hajmi hamda ulami moliyalash manbalari
va boshqalar.
Joriy moliyaviy rejalarni ishlab chiqish uchun quyidagilar asosiy
boshlang‘ich shartlar hisoblanadi:
—oldinda turgan davr uchun moliyaviy faoliyatning asosiy yo‘na-
lishlari bo‘yicha moliyaviy strategiya va maqsadli strategik me’yorlar;
—kompaniya moliyaviy faoliyatining alohida jihatlari bo'yicha
moliyaviy siyosat;
—mahsulot ishlab chiqarish va sotishning rejalashtirilayotgan hajmi
va kompaniya ishlab chiqarish-tijorat faoliyatining boshqa iqtisodiy
ko‘rsatkichlari;
—kompaniyada ishlab chiqilgan alohida resurslar xarajatlari
me’yorlari tizimi;
—soliq to‘lovlari stavkalarining amaldagi tizimi;
—amortizatsiya ajratmalari me’yorlarining amaldagi tizimi;
—moliya bozorida kredit va depozit foizlarining o‘rtacha stavkalari;
— o‘tgan davr uchun moliyaviy tahlil natijalari.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilni o ‘tkazish uchun etarlicha
uslublar mavjud. Bizningcha, V.V. Andronov tomonidan taqdim etilgan
moliyaviy tahlil sxemasi alohida e’tiborga loyiq.
Hozirda joriy moliyaviy rejalaming quyidagi turlari ishlab chiqil-
moqda:
— operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi;
— investitsiya faoliyati bo'yicha daromadlar va xarajatlar rejasi;
—pul mablag‘larining kelib tushishi va ularni sarflash rejasi;
115
—balans rejasi.
Operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi moliya
viy faoliyatni joriy rejalashtirishning dastlabki bosqichida tuziladigan
joriy moUyaviy rejaning asosiy turlaridan biri hisoblanadi, chunki uning
bir qator ko'rsatkichlari boshqa turdagi joriy moliyaviy rejalami ishlab
chiqish uchun boshlang‘ich baza bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |