137
11.5-rasm. Ijtimoiy soha muassasa va tashkilotlarining mulk shakli bo'yicha
tasnifi
Yevropada ijtimoiy sug'urta tashkilotlari O'rta asrlarda shakllana boshlagan.
Hunarmandlar uyushmalari o'zaro yordam jag'armalari
va jamiyatlari tashkil
etishgan, ularga a'zo bo'lgan va muayyan miqdorda badal to'laganlar betob bo'lgan
yoki jarohatlangan hollarida bu jamg'arma va jamiyatlardan moddiy yordam olish
huquqiga ega bo'lganlar.
Ijtimoiy dasturlarni maqbullashtirish siyosati ko'zlangan samaraga erishishni
ta'minladi: davlatning bu sohaga xarajatlari qisqardi. Shu bilan birga 2008 yilda
boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan rivojlangan
davlatlarda ijtimoiy soha uchun xarajatlar yalpi ichki mahsulot hajmida hali ham
katta salmoqqa ega. Bu iqtisodiy o'sish va ijtimoiy rivojlanish o'rtasidagi uzviy
bog'liqlik bilan izohlanadi (11.6-rasm).
11.6-rasm. Inson ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sub'ekti sifatida
Inson faoliyati turlariga iqtisodiy nuqtai
nazardan yondashish sarf
qilinadigan xarajatlarni buning natijasida erishiladigan samara bilan taqqoslashni
taqozo etadi. Ijtimoiy soha iqtisodiyotida ham shunday tamoyilga amal qilinadi.
Ya'ni, cheklangan moliyaviy, moddiy, mehnat va boshqa resurslarni
qilinadigan xarajatga mutanosib samaraga erishishni ta'minlaydigan ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish uchun taqsimlash talab etiladi.
Iqtisodiyot
Ijtimoiy soha
Inson
138
Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga mulkchilikning
xilma-xil shakllari,
erkin
tadbirkorlik, sog'lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada rivojlangan
holda aholi turmushining munosib darajasi ta'minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi
kafolatla-nadigan kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar tizimi sifatida ta'rif berilishi mumkin (1.8-rasm). Bunday talqin
ijtimoiy soha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi bozor iqtisodiyoti hamda o'tish
iqtisodiyotiga
ega
davlatlarda
bozor
munosabatlari
shakllantirilayotgan
sharoitlarda amal etayotganligiga mos tushadi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining
tub mohiyatini inson, uning
manfaatlariga xizmat qilish tashkil etadi. Uning asosiy xususiyatlari aholini ish
bilan bandligini amalga oshirish va shu asnoda ishonchli miqdordagi daromad
manbaini yaratib, uning farovonligini oshirib borish,
ijtimoiy xavfsizlik, ijtimoiy
adolat va ijtimoiy taraqqiyot, ishlab chiqarish vositalariga xususiy egalik va narx-
navoning erkin shakllanishi, raqobat, iqtisodiy o'sish, erkin tashqi savdo, erkin
valyuta ayirboshlashdan iborat.
Ijtimoiy soha sog'liqni saqlash, ta'lim, uy-joy-kommunal xo'jaligi,
madaniyat, sport va turizm, ijtimoiy xizmat ko'rsatish va ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy
sug'urta, pensiya ta'minotini mujassamlashtirgan
va ular bevosita inson, uning
moddiy, jismoniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. U hozirgi
davr iqtisodiyotining salmoqli qismini tashkil etadi. XXI asr ikkinchi o'n yilligi
boshiga kelib jahonning rivojlangan davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 30,0-
45,0 %i ijtimoiy soha ehtiyojlariga yo'naltirilmoqda.
Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga mulkchilikning xilma-xil shakllari, erkin
tadbirkorlik, sog'lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada rivojlangan
holda aholi turmushining munosib darajasi ta'minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi
kafolatlana-digan kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar tizimi sifatida ta'rif berilishi mumkin. Uning bosh maqsadi insonning
erkin rivojlanishini, har bir fuqaro va umuman,
mamlakat butun aholisining
munosib turmush darajasi va turmush sifatini ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy soha iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti nazariyasiga metodologik asos
sifatida tayanadi va shu sharoitda ijtimoiy sohani rejalashtirish, samarali amal
etishini, resurslar bilan ta'minlash masalarini qamrab oladi, iqtisodiy
qonuniyatlar
hamda iqtisodiy qonunlarni ijtimoiy sohada qo'llash amaliyoti asosida davlat,
ijtimoiy guruhlar va shaxs o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: