Amir Xusrav Alisher Navoiy nazdida oddiy shoir emas. U so'z ma’no
qirralarini teran kashf etgan va uni sehr—yuksak san’at maqomiga
ko'targan ilohiy iste’dod egasidir.
Ikkinchi ustoz—«Iso nafaslik», «rindi sheroz», «mast-u louboli»,
«fano dayrida» (sohillarida) sayr qilish maqomidagi shaxs. Ayrimlari
qayd etilgan fazilat—belgilar rindga daxldor. U— Sherozdan. Alisher
Navoiy ma’naviy merosidan voqif kitobxonga manzara ancha oydinlashadi.
Ma’no rishtalari Xoja Shamsuddin Hofiz Sheroziyga ulanadi. Majoziy
va haqiqiy ishqni bir sho‘x jilg‘aga mastona oqizish uning qo'lidangina
kelgan, xolos. Shuning uchun u mast va sho'xliklar qilishga haqli. U—
rindona raftor qilish huquqiga ega. Rind—musulmon mintaqa
Do'stlaringiz bilan baham: |