chizilgan reja nogahoniy tahrirlarga uchrashining mo‘’tadil holat sifatida
qabul qilish lozimligini nazarda tutsak, «o‘n»ning «o‘n biiga» aylanishiga
ham oddiy bir voqea sifatida qarash mumkin. Yana «Muhabbatnoma»ga
javob tarzida yozilgan Xo'jandiyning «Latofatnoma», Said Ahmadning
«Taashshuqnoma» va Amiriyning «Dahnoma» asarlarining o‘n nomadan
tarkib topishi adabiyotshunoslikda kuzatilayotgan chalkashliklarga sabab
bo‘lib kelayotir. Jumladan, Xo‘jandiy «Latofatnoma»ni yozishda bevosita
Xorazmiyning «Muhabbatnoma» sidan ilhomlanadi. «Latofatnoma»dagi
quyidagi misralar buning yorqin misolidir.
Mubabbat jomidin ichsang sharobe,
«Muhabbatnoma»ga aysang javobe.
Qabul ettim, qabuliyat yo‘q erkan,
Salo urdim, salohiyat yo‘q erkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |