Xatoiyning «Dahnoma» asarini yozishga, Amiriy, Yaqiniy, Ahmadiy
va boshqalaming munozaralari Fuzuliyni shu janrda bir necha asar
yozishga ilhomlantirdi. Turli xalqlaming shoirlari bir-birlarining asarlariga
nazira yozdilar, g'azallariga taxmis bitdilar, tazmin qildilar. Mavlono
Lutfiy va Alisher Navoiy kabi shoirlar fors-tojik tilida ham ijod qilgan
bo‘lsalar, tojik shoiri Binoiy o'zbek tilida asarlar yozdi (Mallayev N .
0 ‘zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976, 221-bet).
Bu davrda taijima adabiyoti ham bir qator muvaffaqiyatlami qo‘lga kiritdi.
Ayniqsa, erkin taijima borasida Qutb Xorazmiy tomonidan o‘zbek tiliga
o'girilgan Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» dostoni hamda Sayfi
Saroyi tomonidan Shayx Sa’diy «Guliston»ini «Guliston bit-turkiy» nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |