hamda boshqa voqealar tizim i o‘quvchini ishontirarli darajada
badiiylashtiriladi.
Qissalaming o‘ziga xos xususiyatlari ulaming hajman katta-kichikligi,
tarkibida hikoyat, rivoyat, g‘azal va boshqa she’riy shakllar
namunalarining turli miqdorda uchrashi kabi tashqi belgilardayoq
namoyon bo‘ladi. Ba’zi qissalarda payg‘ambarlaming ibratli hayotiy
lavhalari bayon etilishi bilan bir qatorda zaminiy voqealar tasviriga
urg‘u berilsa, ba’zilarida ko‘proq hozirjavoblik, donolik, ilm -m a’rifami
ulug‘lash, ma’naviy-m a’rifiy fazilatlar ifodasi yetakchilik qiladi.
Xususan, Sulaymon payg'ambar va Luqmoni hakim haqidagi qissalarda
axloqiy-ta’limiy qarashlar ifodasiga urg‘u berilganligi kuzatiladi.
Sulaymon Dovud payg‘ambaming o‘g‘li bo‘lib, Dovud yalavoch
Do'stlaringiz bilan baham: |