rasullaming sarguzashtlari hikoya qilinadi.
Bu holat deyarli barcha qissalar uchun mushtarakdir. Jumlaladan,
«Qisasi Odam safiy alayhis-salom» asarida bu ilk payg‘ambaming
tuproqdan yaratilgani, yuksak ko‘kka otilgani, ujmoh (jannat) ichiga
kiigani, Hawodek juft berilgani, iblis vasvasasiga ilingani, yorug‘
jannatdan ayrilib, qorong‘u dunyoga kelgani kabi sarguzashtlari bayon
etiladi. Shundan so‘ng zikri o‘tgan voqealaming ixcham bayoni aks
etgan she’riy parcha keltiriladi. Ana shunday tafsilotlardan keyin Odam
alayhis-salom haqidagi qissaning mazmunini hikoya qilish boshlanadi.
Alloh Odamni yaratishni istadi va Jabroilga borib yerdan bir hovuch
tuproq olib kelishni buyuradi. Jabroil yerdan tuproq olmoqchi
bo‘lganida, yer unga mendan tuproq olmagil deb ont beradi. So'ngra
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |