qilmasun»,-deydi. Shunda Sulaymon payg‘ambar bu murojaatga qiziqib
qolib, qarinchqa bilan savoi-javob qiladi. Ular orasida bo‘lib o‘tgan
gaplar g'oyatda ta’sirchanligi bilan kishi e’tiborini o'ziga jalb qiladi.
«Qarinchqa aydi: «Mavlodin ne tilading?» Sulaymon aydi: «Andoq
mulk tiladimki, mandin o‘zga kim ersa bo‘lmasun». «Bu so‘zdin hasad
isi kelur, manga bo'lsun, o‘zgalarga bo‘lmag‘ay. Toqi ne tilading?»
Ko'rinadiki, qarinchqa xudbinlikka qarshi va o‘zaro tenglik tarafdoridir.
Ikkinchidan, bunda Allohning barcha maxluqotni teng qilib yaratgani
ta’kidlanadi. Keyingi savolga Sulaymon quyidagicha javob beradi: «Yelni
tiladimki, manga musaxxar qildi, minib yururman. Astxardin Shomga,
Shomdin Astxarga bir oylik yer turui. Kunda borurman ham kelurman».
Do'stlaringiz bilan baham: |