Bag'doddin necha yig‘och yo‘l erkan. Har kun Imom A’zam darsig'a
hozir bo‘lur erkandur va bir mas’ala o'rganib bu yo'lni yayog‘ borur
erkandur. Va aning tili turk alfozi bila mavoiz va nasoihqa go‘yo ermish.
Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmat va
nuktalari shoe’dur» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15-jildlik. 15-jild,
G‘.G‘ulom nomidagi ASN, Toshkent, 1968, 156-157-betlar)
Ko'chirganimiz iqtibos bir qator taxminiy xulosalarga kelish asosini
beradi. Yugnakda tug‘ilgan shoir keyinchalik, tahsil uchun Bag‘dodga
borgan bo'lishi mumkin. Adibning yashagan davri haqidagi munozaralar
uchun ham Alisher Navoiyning yuqoridagi ishoralari sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |