asosiy sababi, yuqorida aytganimizdek, Ashraf ana shu afsona asosida
Bahromning o'z kanizagiga bo'lgan muhabbati haqida asar yaratishni
o'z oldida maqsad qilib qo'ymaydi. U odil shoh Bahrom haqida doston
yaratmoqchi. Shuning uchun ham Bahromning kanizagi bilan ovda
bo'lib o'tgan voqealarga Ashraf to'xtamay, Bahrom tarixiga e’tibor
beradi» (Hasanov S. Navoiyning у yetti tuhfasi. Toshkent: G ‘. G'ulom
nomidagi Nashriyot matbaa birlashmasi, 19 9 1,39-bet).
Alisher Navoiy ulug' salaflari asarlarini teran o'rganib o'zining
ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarini dostonda ifodalash niyatida
an’anaga sodiq qolgan holda, yangicha ruhdagi doston yozishga intiladi.
Ulug' shoiming bu sa’y-harakatlari dostonning nomlanishidanoq ko'zga
Do'stlaringiz bilan baham: |