Bahromni nihoyatda shavkatli va adolatli podshoh, vatanparvar bahodir,
pahlavon va mohir ovchi sifatida tasvirlash bilan birga uning aysh-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishratga mayli yuksakligi hamda qahr-g‘azabi quyushqonidan chiquvchi
dahshatli shaxs ekanligini ham badiiy ifoda etadi. Dostondagi shoir
qalamida badiiy sayqallashtirilgan eng mashhur lavha — Bahromning
Munzir tomonidan unga hadya etilgan kanizak xushovoz xonanda Ozoda
bilan ovga chiqishidir. Shoh Bahrom o'zining kiyik ovlashdagi san’atini
ko‘z-ko ‘z etish maqsadida Ozodadan qarshisidagi jonivorlam i qanday
otishni so'raydi. Ozoda tomonidan qo'yilgan shartga ko'ra, u ota kiyikning
ikki shoxini o‘q bilan kesib tashlab uni ona kiyikka, ona kiyikni esa o'q
Do'stlaringiz bilan baham: |