otib ota kiyikka aylantirmog'i, shuningdek, keyingi kiyikning oyog'ini
o'q bilan uning qulog'iga bog'lamog'i lozim edi. Shoh Bahrom
Ozodaning shartlarini qoyil maqom qilib bajaradi. Biroq kanizak uning
mohirligini olqishlamagani uchun uni ot bilan toptab o'ldiradi.
Ulug' ozar shoiri Nizom iy Ganjaviy «Panj ganj»ining to'rtinchi
dostoni «Hafl paykar» («Y yetti go'zal»)da ham Firdavsiy asaridagi
singari ov lavhasi qalamga olinadi. Bundagi kanizakning nomi Fitna
bo'lib, u Bahromga faqat kiyikning oyog'ini uning qulog'iga bog'lashni
shart qilib qo'yadi. A m ir Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sidagi «Hasht
behisht» («Sakkiz jannat») dostonida esa Bahromning kanizagi sifatida
tanitilgan Dilorom ov chog'ida ota kiyikni ona kiyikka, ona kiyikni esa
Do'stlaringiz bilan baham: |