halok bo‘lgan Kayxusravning kallasini Zarina tomonidan keltirilishi va
To'maris uni qon to‘la meshga solib, mesh og‘zini chilvir bilan mahkam
bog‘lashi tafsilotlari bilan yakunlanadi. Mirkarim Osimning «To‘maris»
rivoyati asosida yaratilgan mazkur asari o‘quvchini o‘sha davr voqealari
bilan yaqindan tanishtirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvchi
taxayyulida jonlanib, uning qalami vositasida badiiylashtirilgan To‘maris,
Sparangis, Zarina singari obrazlarda mardlik, shijoat, yuksak iroda,
dushmanga nafrat kabi olijanob insoniy tuyg'ular mujassamlashgan.
Asarda Kayxusravning yovuzligi hamda hiyla-nayranglari mufassal badiiy
ifodasiga ega. Hikoyada yoshlami ogohlikka da’vat etilishi uning muhim
xususiyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |