Shiroq rivoyati. «Shiroq» eposida ham bosqinchilarga qarshi jang
tafsilotlari asos qilib olingan. Unda Eron shohi Doro I (521-485)
qo'shinlariga qarshi Turondagi shak qabilalarining yurt tinchligi uchun
olib borgan kurashlari o‘z ifodasini topgan. Rivoyatda oddiy xalq vakili,
cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi Shiroqning vatanparvarlik,
xalqparvarlik, tinchlik va hurlikni himoya qilish yo‘lidagi jasorat va
fidoyiligi ulug‘lanadi. «Shiroq» eposining qisqacha mazmuni yunon
tarixchisi Polien (eramizdan oldingi II asr)ning «Harbiy hiylalar»
kitobida hikoya qilinadi.
Doro shak qabilasiga qarshi yurish qiladi. Shak hukmdorlari Saksfar,
Omarg, To‘maris harbiy holatni o‘zaro muhokama qilishayotgan paytda
Do'stlaringiz bilan baham: |