falsafiy-irfoniy qasidasi tavrida-tatabbu’ida yaratilgan. Tavr-tatabbu’
Alisher Navoiyning o'z e’tirofidir. Biroq bunday qaydlar ulug' o'zbek
shoiri qalamidan chiqqan asarlaming ijodiyligiga, ohoriga qilcha bo'lsin,
ta’sir ko'rsata olmaydi. «Qut ul-qulub» tagdor ishoralarga, ko'p ma’noli
majoz-u tashbehlarga, teran tafakkurga undovchi ibora-yu istilohlaiga
boyligi bilan diqqatni jalb qiladi.
Ana o'shanday badiiyat zamirida yashirin g'oyaviy niyatni «fano va
baqo o'rtasidagi masofa, oliy xilqat—insonning unga munosabati» tarzida
umumlashtirish mumkin. Dunyoga kelish, tug'ilish haq, tabiiy-ilohiy
qonuniyat ekan, unga vido aytish, fano qa’riga singib, yo'q bo'lib ketish,
o'lish ham muqarrardir. Baqo—mangulik inson peshonasiga bitilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |