kayfitni o‘zida aks ettirgan misralar va yuqorida ko'chirilgan maqta’
noyob badiiy mahorat namunasi bo'lgan qasidaga yakun yasaydi.
Alisher Navoiyning ikki turkum qasidalari ham ana shunday ehtirosli
baytlardan tarkib topgan. «Sittai zaruriya»dagi badiiyat namunalari
falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’limiy mohit kasb etib, ular Anvariy,
Xusrav Dehlaviy, Xoqoniy Shervoniy, Abdurahmon Jomiy va
Sharqning boshqa buyuk shoirlarining qasidalariga tatabbu’ sifatida
yaratilgandir.
«Sittai zaruriya» tarkibidagi uchinchi forsiy qasida «Tuhfat ul-afkor»
bo'lib, Amir Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror», Nuriddin
Abdurahmon Jomiyning «Lujjat ul-asror» asarlari ta’sirida dunyoga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |