bayon). So'z boshi, nasriy bayon va lug'atlar bilan nashrga
tayyorlovchilar: R.Vohidov, N.Bekova. Toshkent: «O'zbekiston», 2002).
Ulug' so'z san’atkori Alisher Navoiyning 1469-yil 14-aprel (hijriy
873 1- shawol) ramozon hayiti kuni turkiyda ijod etilib, ulug' hukmdor
Sulton Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o'tkazilgan
tahniyat (shohni muborakbod etish) marosimida ilk bor tantana
ishtirokchilariga taqdim etilgan mashhur «Hiloliya» qasidasi shoiming
nihoyatda teran badiiy tafakkuri va taxayyulining mahsulidir. Qasida 91
baytdan tarkib topgan, uning matla’ va maqtaida yangi oy-hilolga ishora
qilinadi. Jumladan, asaming ilk bayti o'quvchining diqqatini samoga,
Do'stlaringiz bilan baham: |