qo'llar ishtirokida amalga oshirilishiga ishora qiladi. Natijada lug'z bag'rida
yashiringan narsaning nomi miqroz (qaychi) ekanligi zehni o'tkir
o'quvchiga ayonlashib qoladi. Alisher Navoiy sohir qalami mahsuli
bo'lgan boshqa lug'zlari ham she’rxonni mantiqiy fikrlashga undashi
bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
8.4. Alisher Navoiy-qasidanavis
Alisher Navoiy qasida janrida ham ijod etgan ulug' shoirdir. Bu
buyuk so'z san’atkorining «Badoyi’ ul-vasat» devonidan o'rin olgan,
turkiyda bitilgan mashhur «HiloUya» qasidasidan tashqari, fors-tojik
tilida ijod qilingan «Sittai zaruriya» («Olti zarurat»), «Fusuli arbaa»
(«To'rt fasl») nomli qasidalar turkumi ham mavjud. Nomlari qayd
Do'stlaringiz bilan baham: |