istiora badiiy san’atining ulushi nihoyatda kattadir. Istiora ko‘chimning
bir turi bo'lib, uning talabiga ko'ra badiiy asarda o'xshagan narsa
(mushabbih) o'rnida o'xshatilgan narsa (mushabbihun bih) yoki
o'xshagan narsaning ba’zi xususiyatlari qo'llanadi. Natijada she’rxonning
zehnini imtihon qiluvchi topishmoq, o'zbek mumtoz adabiyotidagi
chiston (lug'z) janri ijod etiladi. Alisher Navoiyning «Badoyi’ ul-vasat»
devonidan o'rin olgan o'nta lug'z ham mana shu usulda yaratilgan bo'lib,
ular qalam, tanga, igna, miqroz (qaychi), o'q, anor, bel, yumurtqa
(tuxum), poki (ustara) parvona singari to'qqiz narsa-buyum va bir
hasharot (parvona)ga bag'ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |