maydonga chiqdi. Azaldan toj-u taxt ishtiyoqida bo'lgan Husayn Boyqaro
Mirzo vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan chetda qolishni istamadi
va kuch to'plab, Xurosonning turli viloyatlariga tahlika sola boshladi.
Alisher Navoiy esa Mashhadi muqaddasda qolib o'qishni davom ettiradi.
Mashhadda mafosil (bo'g'imlarda og'riqning paydo bo'lishi) kasaliga
duchor bo'ladi. Unga o'sha kunlarda Mashhadda bo'lgan qadrdon ustozi
Pahlavon Muhammad mehribonlik ko'rsatadi. Ulug' shoir Kamol
Tuibatiy bilan uchrashadi. U kishi ham xasta yotgan iste’dodli yosh
www.ziyouz.com kutubxonasi
shoir oldiga tez-tez kelib turadi. Suhbatlar, mushoiralar uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |