vafot etadi va uning jasadi ona yurti Sabzavorga olib kelinadi. G'iyosiddin
Kichkina oilasi bilan Sabzavorga borganda, mashhur shoir Mir
Shohiyning dafn marosimi o‘tkazilayotgan edi. Shu bois Alisher Navoiy
«Majolis un-nafois»da: «Faqir agarchi ani ko‘rmadim, ammo aning
birlan faqir orasida e’lom va irsol (xat) voqe’ bo'ldi» (Izzat Sulton.
Navoiyning qalb daftari. Toshkent, 1969, 78-79- betlar),-deb yozadi.
Shuningdek, shoir «Majolis un-nafois»da Sabzavorda yashagan ijodkor
Xoja Avhad Mustavfiy haqida: «Bu faqir ul buzrukvor suhbatig‘a yetar
erdi, ko‘p iltifotlari bor erdi»,-deya qayd etadi. (MAT.13-jild, 32-bet).
Bulardan tashqari, Alisher Navoiy sabzavorlik olim va shoir haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |