mulohaza yuritib, yozadi: «...aruz va san’atda Mavlono Yah’yo Sebak
shogirdi erdi. Ikki aruz tasnif qildi...Faqir aruzni Darvesh qoshida
o'qubmen» (MAT.13-jild, 41-bet). Darhaqiqat navoiyshunoslikda
Alisher Navoiyning Sabzavorda bo‘lish-bo‘lmasligi masalasida ikki xil
qarash hukmronlik qiladi. Bir guruh olimlar Abulqosim Bobur Mirzo
saroyida tahsil bilan mashg‘ul bo‘lgan Alisher hech bo‘lmaganda ta’til
paytlarida Sabzavorga, ota-onasi huzuriga borib turgan bo'lishi mumkin,
degan mulohazani o‘rtaga tashlaydilar. Ikkinchi guruhga mansub
tadqiqotchilar esa mazkur fikmi inkor etadilar. Fikrimizcha, Alisher
Sabzavorda bo‘lmagan. Mavjud mumtoz adabiy-tarixiy manbalarda bu
Do'stlaringiz bilan baham: |