N. Mallayev Kayumarsni Gaya Martan yoki Gavomard (ho‘kiz
kishi) deya atalganligini e ’tirof etib, mifalogiyaga ko‘ra, u Ahura Mazda
tomonidan yer yuzida yaratilgan ilk odam ekanligini qayd qiladi.
Tadqiqotchi Kayumarsning ikki vujud: h o ‘kiz va odam dan tarkib
topganligini aytib o ‘tib, uni insoniyatning ashaddiy dushmani bo'lgan
Axriman tomonidan o'ldirilishi, Kayumars jasadining ho'kiz qismidan
55 xil don, 12 xil o ‘simlik, sigir va h o ‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali
hayvonlar paydo bo‘lgani, odam qismidan esa insonning erkak va ayol
jinsi hamda metall vujudga kelganligini bayon etadi (Mallayev N . 0 ‘zbek
adabiyoti tarixi. Toshkent: “0 ‘qituvchi”, 1976, 45-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |