qadimgi og‘zaki adabiyotning «Chistoni Elikbek» degan muhim bir
yodgorlik matni kashf qilinishi bilan og‘izga tushadi. Olimlaming fikricha,
bu afsona matni taxminan VIII-IX asrlarga mansubdir. «Chistoni Elikbek»
A.Fitratning « 0 ‘zbek adabiyoti namunalari» kitobidan ham o‘rin olgan.
«Chistoni Elikbek»ning to‘la matni saqlanmagan, uning bizgacha yetib
kelgan matnida quyidagilar bayon etilgan:.
Jinlar Elikbekning qabiladoshlaridan ko‘p kishini qirib tashlaydi.
Rakshosh nomli dahshatli dushman (ehtimol dev bo‘lsa kerak) el
orasida yuqumli kasallik tarqatadi. Fidokor Elikbek el-yurtni bu ofatdan
qutqarib qolmoq uchun dushmanlarga qarshi jangga otlanadi. U bir
chorrahada son-sanoqsiz jinlarga duch keladi. Ular kishilami burdalab,
Do'stlaringiz bilan baham: |