Burun o‘n dedim, ul o‘n bir bo‘ldi... (35-bet).
Ko'chirilgan iqtibosga ko‘ra, shoir «Muhabbatnoma»ni o‘n noma tarzida
tarkib bermoqchi bo‘lgan. Ammo ijodiy ish jarayoni boshdagi rejaga tahrir
kiritgan va shoir o‘n birinchi nomani ham bitishga jazm qilgan. Biroq,
negadir, asaming uyg‘ur yozuvidagi nusxasida o‘n birinchi noma mavjud
emas. Asaming arab yozuvidagi qo‘lyozmasiga tayangan adabiyotshunos
N.Mallayev «Muhabbatnoma»ning o‘n bir nomadan tuzilganligini qayd
etadi. Darhaqiqat, «Muhabbatnoma»ning chop bo‘lgan nusxalari o‘n bir
nomadan tarkib topgan va ulardan uchtasi 4-,8-hamda 1 1-nomalari fors-
tojik, qolgan sakkiz maktub o‘zbek tilidadir. Aksariyat nomalar-masnaviy-
nomadan tashqari, g‘azal, kichik soqiynomalami ham o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |