Ko'pchilik ijodkorlar yurt ozodligi uchun olib borilgan janglarda vafot
etdi. Ba’zilari boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi.
Shunday bo‘lsa-da, bu davrda o'zbek mumtoz adabiyoti ma’lum bir
tarixiy taraqqiyot bosqichini o'tadi. Turli janrlarda ijod etila boshlandi.
Ayniqsa, turkiy adabiyotga g‘azal, qasida janrining kirib kelishi, «Qisasi
Rabg‘uziy»day yirik hajmli nasr namunasining ijod etilishi xalqimizning
ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-madaniy hayoti uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.
Shu o'rinda yana bir achchiq haqiqatni ro‘yi rost e’tirof qilish mavridi
keldi. X III asr va X IV yuz yillik o‘rtalariga qadar bo‘lgan davr badiiy
so‘z san’ati tarixi oldida adabiyotshunoslikning katta qarzi ham bor. Biz
ko'proq zikri o'tgan bosqich adabiyoti manzaralari xiyraligini mo‘g‘ul
Do'stlaringiz bilan baham: |