ishlarda, jumladan, E.Fozilov «Qisasi Rabg'uziy» kitobiga yozgan so‘z
boshisida asar hijriy hisob bilan 710 yilning hut oyi va melodiy hisob
bilan 1310 yilda yozilgan, deya ta’kidlaydi (I. 7-bet). Bunday xatolik
hijriy-qamariy yilni melodiyga aylantirishdan kelib chiqqan. Afsuski,
o'rta umumiy ta’lim maktablari darsliklarida ham bunday yanglish raqam
tuzatilmagan.
«Qisasi Rabg‘uziy»ning eng qadimgi qo‘lyozma nusxasi X V asrda
ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanadi. X V -X V I asrlarda
ko‘chirilganligi taxmin etilgan asaming xuddi shunday yana bir nusxasi
Sankt-Peterbuigda mavjud. Shuningdek, «Qisasi Rabg'uziy» X IX asming
II yarmi va X X asming boshlarida Qozon va Toshkentda bir necha marta
toshbosma usulida nashr qilingan. Asaming to‘la matni 1959 yilda Qozon
Do'stlaringiz bilan baham: |