Payg‘ambarlar qissalariga bo‘lgan rag'bati turli joylarda, turli kishilar
tomonidan hikoya qilinadigan, ba’zilari mustaqil, ba’zilari esa mustaqil
bo‘lmagan; ba’zilari parchalar holida bo'lgan va shunga o‘xshash Alloh
elchilari to‘g‘risidagi badiiyat namunalarini yig‘ib, kitob holiga keltiradi.
Asar m uallifining bundan ko‘zda tutgan maqsad-muddaosi
quyidagicha muxtasar badiiy ifodalangan: «Bunda maqsad payg‘ambar
qissasi erdi va lekin Odamdin burunroq yaratilgan bor uchun andin
boshlasamiz foydasi ortuqroq bo‘lg‘ay, deb tartib uza yaratilganlardan
og‘oz qildimiz. Ertikliga ung‘ay, istakliga tebray bo'lsun teb «Qisasi ar-
Rabg'uziy» ot berdimiz» (1.11). Nosuriddin Rabg‘uziy asaming yozilish
tarixi haqida quyidagicha ma’lumot beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |