bahosini bera olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Abuzarjum hurning
tadbiikorligi va nihoyatda donoligi esa xalqni kulfatlardan asraydi. Hikoyada
halol va tadbirli donishmandlami saroyga chorlash, ular bilan kengashib
el-ulus manfaatiga muvofiq farmonlar chiqarishga undash g'oyasi o'z
ifodasini topgan. Unda qissadan hissa chiqarish maqsadida bitilgan
m asnaviyning ke ltirilish i ham g'oyatda ib ratlid ir. M asnaviyda
sitamkashning tong saharda chekkan ohidan bar-u bar (quruqlik-suvlik)
— butun olam kuyishi nihoyatda ta’sirchan ifoda etilgan. She’riy parcha
so'ngida mazlumlarga mushfiq bo'lish, butun vujud bilan ulaming arz-
u dodini tinglashga da’vat etiladi. G'am-tashvishli kishilaming musibatiga
sherik bo'lish hadislarda o'z ifodasini topgan eng olijanob fazilatlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |