qilgan ishlariga tavba qiladi, adolat bilan davlatni boshqaradi, «kechalar
darveshlaming libosin kiyib, eshikdin eshikka yurur erdi: qayda bir tul
xotun yo bir miskin bo'lsa, anga ehson qilur erdi.»
Hikoyada zolim hukmdor pand-nasihat bilan to'g'ri yo'lni ixtiyor
etishi mumkin, degan g'oyaga badiiy libos kiydirilgan. Dono va oqil
vazir Xo'ja Hasan podshoning zulmkorligini ro'yi rost, betgachoparlik
qabilida emas, balki majoziy ma’no tashuvchi tamsilni sharhlash yo'li
bilan ayon qiladi. Bu kichik nasr namunasi o'ziga xos uslubda, taxayyul
mahsuli sifatida vujudga kelgan. Xoja ijodida bunday hikoya namunalari
ancha topiladi. Aw alo, ijodkor boyqushlar xalq nazarida, baxtsizlik va
xarobalik ramzi ekanligidan mahorat bilan foydalanganligini ta’kidlash
Do'stlaringiz bilan baham: |