harakat qilad i. Hikoyalaridan birida tasvirlanishicha, bir viloyat
hokimining odilligi va yurtining ma’murligi Iskandami hayratga soladi.
Unda hikoya qilinishicha, Iskandar Zulqamayn bir viloyatga boribdi.
U yerda suruv-suruv qo‘ylar bo‘lib, cho‘poni yo'q ekan, mevalari
pishib yotgan bog'lar bor-u, bog'boni yo‘q ekan, mol-matolarga to'la
do'konlar bor-u, sotuvchi hamda qorovuli yo'q ekan. Iskandar bu
viloyatning tartib-qoidalaridan nihoyatda taajjublanibdi. Shunda u
viloyatning podshohi: «Bizning oramizda biror kishi muflis (qashshoq)
bo'lsa, barim iz yig'ilib, mol jam qilib, ul kishini mol va amvol bilan
hamda jamiyatda o'zlarim iz birlan teng qilurm iz...»,-debdi. Iskandar
bu viloyatning tartib-qoidalaridan g'oyat shod va mamnun bo'libdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |