Siyovush ham Rustam singari
sevimli xalq qahramoni timsolidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, Siyovush
«Avesto»da Siyovarman deb atalgan bo‘lib, mifologik xudo obrazi sifatida
tasvirlangan. Shunday tasvir qadimgi fors-tojik tilidagi asarlarda,
jumladan, «Shohnoma» va Beruniy asarlarida ham saqlanib qolgan. Xalq
ijodiyotida Siyovush afsonaviy qahramon timsolidan xalqning najotkori
bo‘lgan jasur inson qiyofasi tomon takomillashib borgan.
X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiy «Buxoro tarixi» asarida
Siyovush haqida xalq og‘zaki ijodi namunalarini keltiradi. Ulaming
qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat:
Siyovush Eronning Kayoniy shohlaridan Kaykovusning o‘g‘li ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |