endi g'alaba qozonishlariga ishonishadi va har qanday bo‘lsa ham
Rustamni tiriklayin ushlab, qattiqjabrlashga ahd qilishadi. Lekin Rustam
birdan otini dushman tomonga burib, devlarga hamla qiladi, ularga
burgutday chang soladi. Devlar tumtaraqay qocha boshlaydi, ulaming
ko‘plari o'ladi, anchaginasi yaralanadi...
Rustam qissasi yozma adabiyotda qayta-qayta ishlandi. Bu yengilmas
pahlavon haqida talaygina yangi asarlar vujudga keldi. Xalq og‘zaki
ijodidan samarali foydalangan ulug‘ shoir Abulqosim Firdavsiy o'zining
mashhur «Shohnomasi»da Rustamni bosh qahramon darajasiga ko‘taradi
va unga bag‘ishlangan go‘zal doston yaratadi.
Siyovush haqidagi qahramonlik qissasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |