yagona dard — bu uning Shiringa bo'lgan samimiy va beg'ubor muhabbati
bo'ladi. Aslida bu javonmardning, ya’ni Farhodning fe’l—atvori va tabiatiga
ishq o'ti endi ta’sir qilayotgani yo'q. U dunyoga ko'z ochgan kundanoq
uning qismatida ishqiy mojarolar bitilgan edi. Shahzoda va taqdiri toj-u taxt
qurshovida bo'ladigan Farhodni nimalar kutmoqda edi, degan savolga
shoir uning ismi birinchi sharhi munosabati bilan yozadi:
Jamolidin ko'rungach farri shohi,
Bu fardin yorudi moh to bamohi.
Quyub yuz himmat-u iqbol-u davlat,
Hamul far soyasidin topdi ziynat.
Bu javharlarg'a chu isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti (8, 67).
Muammo qoidalariga amal qilgan ulug' shoir shu olti satrda shahzoda
Do'stlaringiz bilan baham: |