Farhod nasibasiga nimalar bitilganligi, aniqrog'i, shu muborak ismning
birinchi sharhini berayotir. «Farri shohiy»dan (shohlik savlati, izzati,
qadr-u q:mmati) «Far»ni (porloqlik, hashamat, shukuh, bezak) olib,
unga «Hi nmat», «Iqbol» (arab yozuvida alif bilan yozilishi nazarda
tutilgan) \a «Davlat» so'zlarining bosh harflarini ilova qilish orqali
(Far — h — о -d) yasalishi ko'rsatilmoqda. Boshqacha aytganda, toj
kiyib, taxtda o'tiiganida Farhodga o'sha fazilatlaming hamdam bo'lishi
tayin edi. Odam Ato singari zuvalasi ishq sharobi-la qorilgan bu farxunda
shahzoda nomining ikkinchi talqini esa quyidagicha beriladi. Bu o'rinda
ham ulug' shoir muammo qonun-qoidalariga ko'ra ish ko'radi:
Do'stlaringiz bilan baham: |