B. T. Toshmuhamedov


Yenera — Zuhra — «tong yulduzi»



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/180
Sana18.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#560016
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   180
Bog'liq
Umumiy geologiya. Toshmuxamedov B

Yenera — Zuhra — «tong yulduzi»
Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi «Venera» 
deb yuritiladigan bu planetaning Quyoshdan o'rtach a uzoqligi 
108 million kilometrdir. Zuhra orbitasi bo‘ylab sekundiga 35 
kilometrli tezlik bilan harakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida 
bir marta to ‘la aylanib ulguradi.
Ravshanligi jihatidan Quyosh va oydan keyin turadigan bu 
sayyora, ju d a q a d im d a n k ish ila r d iq q a tin i o ‘ziga to rtib , 
«qo‘zg‘almas» yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi b o iib
sezilgan «adashgan» yoritkichdir.
1610-yildayoq G. Galiley bu planetani o ‘zi yasagan teleskopda 
kuzatib, oy kabi turli fazalarda bo‘lishini ko‘rdi. Bu hodisa, Zuhra 
ham oy kabi sferik shakldagi osm on jismi ekanligining dastlabki 
isboti edi. Zuhraning kattaligi salkam yernikicha bo‘lib, diametri 
12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761-yil 6-iyunda astronom lar «tong yulduzi» bilan bog'liq 
fizik bir hodisaning guvohi bo‘ldilar: sayyoraning harakati Quyosh


diskida proyeksiyalandi. Bunday g‘aroyib hodisani kuzatish taniqli 
rus olimi М. V. Lomonosovga ham nasib qilgan ekan. Olim 
Veneraning Quyosh diskidan o ‘tishini kuzatayotib, sayyora qalin 
atmosfera bilan qoplanganligini aniqladi. Uzoq yillar davomida 
ana shu qalin atmosfera — «paranji» misol Zuhraning haqiqiy 
jamolini bizdan yashirib kelardi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Veneraning Quyosh 
diskiga proeksiyalanib o ‘tishi, juda kam uchraydigan hodisa bo‘lib, 
Lomonosovning XVIII asrdagi eslatilgan kuzatishidan so‘ng atiga 
3 m artagina kuzatildi; navbatdagi o ‘tishi esa 2004-yilning 8- 
iyunida bo‘ldi. Sayyoraning sirtini spektroskopik o ‘rganishlar, 
uning atmosferasi, asosan karbonat angidriddan iborat deyishdan 
ortiq m a’lum otlam i berishga ojizlik qildi.
Sayyorani tekshirishning 60 - yillardan boshlangan yangi usuli 
«tong yulduzi» ga tegishli ko‘p jum boqlarni hal qilishga imkon 
berdi. N atijada Veneraning o ‘z o ‘qi atrofida va Quyosh atrofida 
haqiqiy aylanish davrlari birinchi marta to ‘g‘ri aniqlandi.
M a’lum bo'lishicha, planetaning aylanish o ‘qi uning orbita 
tekisligiga deyarli tik joylashib (anig‘i 87 gradusda Yerdagidek yil 
fasllari kuzatilmaydi. Shu radiolokatsion kuzatishlar Zuhraning 
o ‘z uqi atrofida aylanish davrn 243 kunga tengljgini hamda siste­
masining sharqdan - g‘arbga aylanuvchi yagona ekanligini m a’lum 
qildi (boshqa sayyoralar atrofida g'arbdan sharqqa aylanadi).
Xulosa qilib aytganda, Veneraga uchirilgan kosmik apparatlar 
yordamida uning atmosferasi va sirtiga tegishli quyidagi yangi 
m a’lumotlar q o ‘lga kiritildi.
Sayyora atmosferasining bosimi juda Yuqori bo‘lib, olimlar 
hech kutmagan miqdorni 90 atmosferani ko‘rsatdi. Uning 97 
foizini karbonat angidrid, suv bug‘lari, kislorod esa atiga 1,5 foizini 
tashkil qilishi m a’lum bo'ldi. Sayyora sirtida yaqinda o ‘lchangan 
harorat +470 gradusgacha (selsiy shkalasida) yetadi.
«Tong yulduzi» ning Yerga yana bir «qarindosh» ligi shundaki, 
uning osmonida ham qalin bulutlar kuzatilib, ularning «tizgini» 
shamolning qo‘lida bo'ladi. Qizig‘i shundaki, sayyora atmosferasida 
bulutlar bir necha qavatga ega, asosiy bulutlar qatlamining yuqori 
chegarasi taxm inan 65 kilometr atrofida bo‘lib, pastki chegarasi
24


48-49 killom etrli balandlikda yotadi. 65 kilolm etrdan to 85 
kilo m etg ach a. S h u b h asiz, Z u h ra to ‘g ‘risidagi bu m odelni 
tugallangan deyishga hali erta.
Yer
Biz ustida yashayotgan osm on jism i, Quyoshdan uzoqligi 
bo‘yicha uchinchi o ‘rinda turuvchi planeta bo ‘lib, Quyoshdan 
o 'r ta c h a uzoqligi 149,6 m illio n k ilo m e trn i tashkil etad i. 
Planetam izning ekvatorial radiusi 6378 kilom etr, ya’ni qutb 
radiusidan taxm inan 21 kilometrga ortiqlik qiladi. Yer Quyosh 
atrofida sekundiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 
kunda bir marta to ‘la aylanib chiqadi. Bir yilda to ‘rt faslning 
planetamizda kuzatilishining sababi, Yer o'qining orbita tekisligiga
66,5 daraja og'maligi bilan tushuntiriladi.
Yer o ‘z o ‘qi atrofida 23 soatu 56 m inutu 4 sekundda to ‘la 
aylanib chiqadi. Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish davri 
bir oz uzunroq bo‘lib, 24 soatni tashkil qiladi. Sayyoramizning 
Q uyoshga n isb atan ay lan ish d a v rin in g u zu n lig ig a sab ab , 
Quyoshning yulduzlar oralig‘ida yillik ko‘rinma siljishidir (bunday 
siljish, Yerning Quyosh atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli 
sodir bo'ladi).
Yerning o ‘rtacha zichligi 5,5 g /sm 3 ga teng bo‘lib, massasi 
taxminan 6 -1021 kilogrammni tashkil etadi. Planetamizning tuni 
deyiluvchi atmosferasi minglab kilometrli balandlikkacha cho‘ziiib, 
og‘irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi. Bunday «tun» 
Yerda hayotning paydo bo ‘ lishi va rivojlanishida m uhim rol 
o ‘y n ag an . X ususan, 20-30 k ilo m e tr ch am asi b alan d lik d a
joylashgan azon qatlami, Quyoshning qisqa to ‘lqinli ultrabinafsha 
nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlam ing, jum ladan, 
o d a m z o tn i b u n d a y n u rla rn in g xavfli t a ’s irid a n a sra y d i. 
Atmosferaning 21 foizga yaqinini kislorod, taxminan 78 foizini 
esa azot, qolgan qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid 
va suv bug‘lari tashkil qiladi.
Yer gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi 
suvlarning majmuasi) ko‘ra boshqa planetalardan keskin farq qiladi.
25


Unda faqat suyuq holatdagi suvning hajmi 1 million 370 ming 
trillion kub metr bo'lib, umumiy maydoni 3610 milliard kvadrat 
metrga teng. Boshqacha aytganda, Yer sirtining qariyb 71 foizini 
suvlik tashkil qiladi. Quruqlikning o ‘rtacha balandligi dengiz 
sathidan 875 metr bo‘lgani holda, dunyo okeanining o'rtacha 
chuqurligi 3800 metrgacha boradi.
Suv o ‘zining ajoyib xususiyatlariga ko‘ra, Yerda optimal issiqlik 
rejimining vujudga kelishida m uhim rol o ‘ynaydi. Suvsiz organik 
hayot Yerda vujudga kela olmasdi.
Grenlandiya quruqligining ko‘p qismini muz qoplaydi. Uning 
umumiy massasi 24 ming 200 trillion tonnaga tengdir. Bordiyu, 
bunday miqdordagi muz erisa edi, dunyo okeanining sathi 60 
metrga ko‘tarilib, quruqlikning yana 10 foizi suv ostida qolgan 
bo‘lardi.
Y ern in g q a ttiq q a tla m i lito sfe ra d e y ilib , bu q ism d a 
planetamizning asosiy qatlami mujassamlashgan bo‘ladi. Garchi 
bir qarashda litosfera sirtida turib, uning ichki tuzilishi haqida 
m a’lum otga ega b o ‘lish m um kin em asdek tuyulsada, aslida 
sayyoramizning inersiya momenti va Yer qimirlashlari asosida 
uning ichki tuzilishi haqida yetarlicha aniq m a’lumotlar olish 
mumkin.
G ap shundaki, seysmik to'lkinlar bo‘ylama va ko'ndalang 
bo‘lib, bo‘ylama to‘lqinda zarrachalar to'lqining tarqalish yo‘nalishi 
bo'yicha siljigani holda, ko‘ndalang to ‘lqinda tarqalish yo‘nalishi 
bilan to ‘g‘ri burchak tashkil qiladi. Ko‘ndalang to ‘lqinlarning 
tarqalish tezligi esa bo‘ylama to ‘lqinlarnikidan katta bo ‘ladi. 
Shuningdek, seysmik toMqinlar, turli zichlikdagi qatlam lar 
chegarasidan qaytish va sinish xususiyatiga ham egadir. Bunday 
m a ’lu m o tlar asos qilib olingan usullarga tayangan holda
litosferaning ichki tuzilishi haqida yetarli darajada ishonchli 
m a’lumotlar olindi.
Xususan, suyuqlikning ko‘ndalang to ‘lqin siljishiga qarshilik 
qilmasligi tufayli, bunday to'lqin suyuqlikda tarqala olmasligi 
bazasida litosferaning suyuq yadrosi borligi asrimizning boshidayoq 
aniqlangan edi.
Bu usullar yordamida tekshirishlar, litosferaning qattiq qatlami
26


ham bir jinsli bo'lm ay, taxm inan 40 kilometr chuqurlikda keskin 
chegara borligini bildirdi. Bu chegaraviy sirt uning kashfiyotchisi 
nomi bilan moxorovichich sirti deb yuritiladi. Bu sirtdan yuqori 
qatlam litosfera p o ‘stlogi osti esa m an tiy a deb y u ritilad i. 
Mantiyaniig zichligi 3,3 g /sm 3 dan (moxorovichich sirtida) 5,5 
g /sm 3 gacha (yadro chegarasida) ortadi. Yadro chegarasida zichlik 
keskin ortib 9,4 g /sm 3 ni tashkil qiladi. Yer markazida zichlik
14,5 — 18 g/sm 3 gacha tartibda b o ‘lib, bosim 1 million 300 ming 
atmosferaga boradi.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish