B. T. Toshmuhamedov



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/180
Sana18.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#560016
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   180
Bog'liq
Umumiy geologiya. Toshmuxamedov B

Uran — «Yonbosh» planeta
Uran sayyorasi, aslida m uzikachi, keyinchalik m ashhur 
astronom darajasiga ko'tarilgan V. Gershel tom onidan 1781-yili 
tasodifan topildi. M a’lum bo‘lishicha, planeta ochilgunga qadar, 
qariyb yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan ekan. Biroq astro­
nomlar unga har doim xira yulduz deb qarab, ortiqcha e’tibor 
bermagan ekanlar. Planeta orbitasini birinchi bo ‘lib peterburglik 
akademigi A.I. Veksel hisobladi.
Uranning diamepri 49 ming 600 kilometr bo‘lib, massasi Yer­
nikidan 14,6 marta kattalik qiladi, o'rtacha zichligi 1,60 g /sm 3. 
Bu sayyora Quyoshdan o ‘rtacha 19,2 astronomik birlik masofada 
uning atrofida aylanadi. Planeta diski (gardishi) ni ko'rish uchun, 
uni kam deganda, 100 m artacha kattalashtiruvchi teleskopda 
kuzatish zarur bo'ladi.
Uranning orbital tezligi sekundiga 6,8 kilometrni tashkil qiladi 
va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq u 
o ‘z o ‘qi atrofida nisbatan tez aylanadi. Sutkasining uzunligi 10 
soatu 49 minut. Garchi planeta sirti detallarini ko‘rib bo‘lmasada, 
davriy ravishda bu sayyora sirti ravshanligining o ‘zgarib turishi 
yaqqol seziladi.
1977-yilning 10-martida Uranning hayotiga tegishli fizik bir 
yangilik ochildi: uning atrofida ham Saturn atrofidagi kabi halqa 
topildi. Bu kun amerikalik yosh astronom olimlardan Ya. Elliot,
E. Danxem va D. Minklar «uchar observatoriya» deb nom olgan 
maxsus samolyotga o ‘matilgan teleskop orqali Uranni Sao 158687
34


deb nomlangan yulduzni bekitib o ‘tishini kuzatdilar. Kutilmaganda 
yulduzning U ran bilan tutilishiga 40 daqiqa qolganda, uning 
ravshanligi keskin kamayib, bir necha sekunddan so‘ng dastlabki 
holatiga kelgan. Shundan so‘ng planeta yulduzni to ‘sgunga qadar 
bunday hoi yana to ‘rt marta qaytarilgan va nihoyat, yulduzning 
planeta diski bilan to ‘silishi 25 daqiqa davom etgach, yana navbat 
bilan yulduzning ravshanligi besh m arta kamayib oldingi holatiga 
kelgan. Kuzatuvchilar bunday hodisaning sababchisi, Uran atrofida 
birin-ketin beshta halqa joylashganligidan deb to ‘g ‘ri faxmladilar.
1986-yilning 24-yanvarida AQSH ning «Voyajer—2» planeta- 
lararo avtomatik stansiyasi esa Yerdan jo'naganidan 8 yarim yil 
keyin Uran sayyorasidan 81 ming 200 kilom etr naridan o ‘tayotib, 
u haqida qiziq m a’lum otlar to'pladi. Uning «aytishicha», planeta 
atmosferasining asosiy qismi molekular vodoroddan iborat b o ‘lib, 
uning ustki qismini atom lar vodorodli «toj» bezaydi.
Neptun
«Qalam uchida topilgan sayyora» 1820-yilga qadar Quyosh 
oilasi asosan quyidagi yettita sayyora: Merkuriy, Venera, Yer, 
Mars, Yupiter, Saturn va U ran ham da ularning yo‘ldoshlaridan 
tashkil topgan deb qaralardi.
1820-yili parijlik astronom A. Buvar, Yupiter, Saturn va 
Uranlarning kordinatalari jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. 
Biroq o ‘n yil o ‘tgach, Uran oldindan hisoblangan o 'z o'rnidan 
200 sekundli yoshga ilgarilab ketdi. Yana o ‘n yil o ‘tgach, ilgarilash 
90 sekundga, 1846-yilga kelib esa 128 sekundga yetdi. Osmon 
mexanikasi, nazariy hisoblashlar bilan praktika orasida bu qadar 
katta farq chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Astronomlar, 
U ra n n in g h a ra k atid a g i bu c h e tla sh ish , u n in g o rb ita sid a n
tashqaridagi boshqa planetaning ta ’siri tufayli degan qarorga keldilar.
Bunday murakkab m atem atik masalani hal qilish uchun bir 
vaqtda bir-birlaridan bexabar holda ikki astronom «bel bog‘ladi».
Q izig‘i shundaki, N ep tu n n in g ochilishidan an ch a ilgari 
1795 yili 8 va 10-mayda — ikki m arta astronom Laland kuzatdi. 
Biroq o ‘shanda u planetani xira bir yulduz deb o ‘ylab, bu ikki
35


kunda olingan foto plastinkalarda kuzatilgan sayyora siljishini — 
o ‘lchashning xatoligidan deb tushundi. Agar o ‘shanda Laland 
xulosa qilishga shoshilmay, bir-ikki kun bu «xira yulduzcha» ni 
e ’tibor bilan kuzatganda edi, u N eptunni Leverye va Galledan 
yarim asr oldin topgan bo‘lardi.
N eptun Urandan birozgina katta b o ‘lib, uning diametri 50 
ming 100 kilometrdir. Zichligi 1 kub santim etrida 1,6 gramm. 
Quyoshdan o ‘rtacha uzoqligi 30,1 astronom ik birlik. Massasi 
Yernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga
5,5 kilometr bo‘lib, Quyosh atrofida aylanish davri 164 yilu 280 
kun. 0 ‘z o ‘qi atrofida N eptun 15,8 soatda bir marta aylanib 
chiqadi. Spektroskopik kuzatishlar, N eptunda vodorod va metan 
borligini m a’lum qildi. Shuningdek, sayyoraning bu yirikyo‘ldoshi 
anchayin qalin atmosfera bilan ham qoplangan deb faraz qilinadi.
1949-yil planetaning yana bir yo‘ldoshi Koypeo topdi va unga 
qadimgi greklaming sevimli xudosi Nerey qizining nomi — Nereida 
deb berildi, uning diametri atigi 300 kilometr.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish