B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


TIP (yunoncha typos-nusxa, tamg‘a; namuna) –



Download 387,41 Kb.
bet189/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TIP (yunoncha typos-nusxa, tamg‘a; namuna) – muayyan guruh, ijtimoiy tabaqa, sinf vakillarining ma’lum davrdagi xususiyatlarini va iroda yo‘nalishini to‘la, yorqin aks ettiruvchi mukammal xarakterdir. Shunga ko‘ra har bir adabiy tip, ayni chog‘da, mukammal xarakterdir. Shu ma’noda Yo‘lchi (“Qutlug‘ qon”), Saidiy (“Sarob”), Otabek (“O‘tgan kunlar”), Hamlet (“Hamlet”), Otello (“Otello”), Qori Ishkamba (“Sudxo‘rning o‘limi”), Ulug‘bek (“Ulug‘bek xazinasi”), Zaynab (“Zaynab va Omon”), Bobur (“Yulduzli tunlar”) kabilar adabiy tiplardir. Chunki ularning har birida – muayyan ijtimoiy hayotning bosh haqiqatlari va xususiyatlari, davr odamlari qalbidagi hokim va yetakchi tuyg‘ular ta’sirchan ifodasini topadi.
Adabiy tiplarda insonga xos xususiyatlar shunchalik aniq va umumlashgan tarz­da aks etadiki, ular umuminsoniy va umriboqiy xususiyat kasb etadi, davrlar, asrlar o‘zgarsa-da, ular insonlarning xarakterli xislatlariga esh bo‘laveradilar. Jumladan, o‘ta rashkchi, ishonuvchan odamlarni – Otello, sevgi yo‘lida iztirob chekuvchi, atrofidagi odamlarni “ko‘rmaydigan”, “sezmaydigan” darajadagi oshiqni Majnun deb yuritish hamon amaldadir.
TOPISHMOQ Shakli, vazifasi, ish-harakati va holati jihatidan bir-biriga o‘x­shash ikki predmet, narsa va hodisadan biri jumboqlanib, ikkinchisiga xos o‘xshash belgilar asosida uni topishga mo‘ljallab she’riy yoki nasriy tuzilishda berilgan savol yoki topshiriq. Topishmoqlar Oʻzbekistonning turli tumanlarida o‘sha joyning lokal xususiyatlari va shevasiga ko‘ra jumboq, jummoq, jumoq, topmacha, topar cho‘pchak, top-top, top-top cho‘pchak, matal, masala, ushuk kabi xilma-xil so‘zlar bilan ham ifodalanadi.
Bir parcha patir,
Olamga tatir. (Topishmoq, oy)
T. xalqning turmush tarzi va qadimiy e’tiqodlari ifodasi sifatida yuzaga kelgan. Ular shartli nutq natijasida qadimiy ajdodlarimizning ibtidoiy animistik va totemistik qarashlari shakllana boshlagan davrlarda –“insoniy shuur endigina uchqunlana boshlagan zamonlarda” (F.I.Buslayev) paydo bo‘lgan. Qadimgi ajdodlarimiz tabiat stixiyasi oldidagi ojizliklari tufayli narsalarni, odamlarni, hayvonlarni, qushlarni o‘z nomlari bilan aytmay, ularni g‘ayritabiiy kuchlar zararidan, insu jinslar va balo-qazolardan omon saqlashni ko‘zlab, boshqa so‘zlar bilan pardali qilib ayta boshlashlari tufayli ilk topishmoqlar yuzaga kelgan, buning izlarini hozirgi o‘zbek topishmoqlarida ham kuzatish mumkin, aytaylik, otani – nor, momoni – tuya, echkini – Abdukarim, quyonni – uzunquloq, itni – shalpangquloq, ko‘zni – darcha, bug‘doyni – qizil deb atalashida o‘sha sirlilik nishonalari mavjud.
Predmetli topishmoqlarda yashiringan aniq narsaning individual xususiyatlari lo‘nda, siqiq, sodda va tushunarli tarzda badiiy so‘z vositasida chizib beriladi. Ularda borliqdagi narsalarning o‘zaro o‘xshashligi va yaqinligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shu ma’lumotlar yordamida inson tevarak-atrofidagi narsa-hodisalarning serqirraligini his qiladi.
Predmetli topishmoqlarda yashiringan narsaning miqdori muhim rol o‘ynaydi. Shu xususiyatiga ko‘ra topishmoqlar ikki turkumga ajratiladi:

  1. Bir predmetli topishmoqlar. Bu xildagi topishmoqlarda birgina narsa jumboqlanadi: jumboq ham bitta, javob ham bittadir: “Bossang, vaqillaydi”, “Jar boshida jarti supra” topishmoqlari birgina satrdan iborat holda jumboqlangan va “baqa” hamda “quloq” singari birgina javobga ega.

  2. Ko‘p predmetli yoki murakkab topishmoqlar. Yuqorida ko‘rilganidek, hamma birlashgan topishmoqlar ham bir predmetli bo‘lavermaydi. Aytaylik:

Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
Suvda sulaymonni ko‘rdim.
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,
Yumalab yotgan toshni ko‘rdim,–
topishmog‘ining har bir satri mustaqil bir jumboq bo‘lib, ko‘p predmetlilik xususiyatini kasb etgan. Bu murakkab topishmoqda bir yo‘la to‘rt narsa – bo‘ri, baliq, sumalak va toshbaqa jumboqlangan. Har bir bayti alohida topishmoq shaklida ham aytilishi mumkin, faqat saj’lanish asosidagi ohangdoshlik baytlarda bir butunlikni yuzaga keltirib, kompozitsion yaxlitlikni ta’minlagan.

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish