B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar



Download 387,41 Kb.
bet150/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

F
FANTASTIK Fantaziyaga (q. fanta-ziya) asoslangan; fantastikaga oid; bor-likdagi voqea va hodisalar notabiiy ravishda, mubolag‘a bilan tasvirlanadigan. Fantastik roman.
FANTASTIKA ot (yun. phantastike – xayolan tasvirlash sanʼati) Haqiqatda mavjud bo‘lmagan, taxayyul kuchi bilan tasavvurdagina yaratilgan narsa-hodisalar tasviri, shunga asoslanuvchi adabiy asarlar jami. Ayrim oʻrinda fantastika realizm bilan ham qoʻshilib ketadi. Fantastikaning shakli mifologik tushunchalarni, ertaklarni tasvirlashda koʻrinadi. Inson tasavvurida hayron qoldirarli xayoliy obraz­lar va hodisalar, toʻqima holatlar, ajoyibotlar olami badiiy asarda voqelikka, hayot haqiqatiga qarama-qarshi qoʻyib tasvirlanadi. Fantastikaning adabiyot, sanʼatning boshqa tur va janrlaridan farqi shuki, uning tasvir sohasi amalda mavjud boʻlgan hayot emas, balki turmush haqidagi umumiy tasavvurdan kelib chiqadigan hayotdir. Shuning uchun hamma narsa va hodisalar jiddiy oʻzgargan, boʻrttirilgan, taajjub­lantiradigan darajada boʻladi. Fantastikaning maqsad va vazifalari faqat inson orzusini emas, balki kelajakda kutiladigan xatardan ogoh qilish, estetik zavq berish hamdir. Fantastika koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Lof, latifalar va dostonlarda fantastikani oʻta boʻrttirilgan shaklda kuzatish mumkin (“Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Manas” va boshqalar). Gomerning “Iliada” dostoni, M. Servan­tesning “Don Kixot” asari, F. Rablening “Gargantyua yoki Pantagryuel” hajviy asari, J. Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, A. Dantening “Ilohiy komediya”si, M. Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari", Gyotening “Faust”, M. Bulga­kovning “Ityurak” va boshqa asarlari fantastika yoʻnalishining ajoyib namunalari sanaladi. K. Chukovskiyning ertaklari, A. Kazansevning “Yonuvchi orol”, A. Grinning “Alvon yelkanlar” asarlari, X. K. Andersenning ertaklari ham kattalarga va bolalarga mos fantastika janrida yozilgan. Hozirgi zamon chet el badiiy fantastikasining namoyandalari sifatida yaponiyalik Kabo Abe, amerikalik Ayzek Azimovni, polshalik Stanislav Lem va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fantastika nafaqat adabiyotni, balki faylasuflarning yirik ijodiyotini ham tashkil qiladi. fantastikada obrazlar koʻp hollarda yaxlit mazmunda boʻlsa, yana ayrim oʻrinlarda ramziy maʼno kasb etadi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotida T. Malikning “Hikmat afandining oʻlimi”, T. Hobilovning “Oyga safar”, X. Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning oʻlimi”, Hojiakbar Shayxovning “Rene jumbogʻi” asarlari fantastika janrida yaratilgan. Fantastika badiiy adabiyotdan tashqari folklorda, fal­safiy utopi­yada, kino va teatrda, tasviriy sanʼatda ham mubolagʻali boʻrttirish bilan aks etti­riladi. Fantastika sujet qurilmalari va ramziy maʼnolarda ifodalanar ekan, mual­lifning yoki bir davrning dunyoqarashi, turmush tarzi va undagi muammolar moʻji­zali, gʻayritabiiy shaklda tasvirlanadi.
FELETON (frans. feuilleton < feuille – varaq, varaqa) Badiiy-publitsistik janr. Ijtimoiy hayot masalalarini satira va yumor vositasi bn, yaʼni ijtimoiy kulgi asosida yoritadi hamda ijtimoiy tanqid uchun xizmat qiladi.Felyeton hajviy publitsistikaning alohida janri boʻlib, ijtimoiy hayotda muhim oʻrin tutadi. Mazkur janrning asosiy vazifasi jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy, iqtisodiyi. ch. va madaniymaʼnaviy tomonlarini qamrab olgan holda oʻzida aks ettirish, mazkur sohalarda uchraydigan kamchilik, nuqson, ijtimoiy illatlarni fosh etish, bu kamchilik va nuqsonlarning tugatilishiga erishish, binobarin, jamiyat hayotining taraqqiyotiga ijobiy taʼsir kursatishdan iborat. Felyetonning tanqidiy maqola va boshqa janrlarga oid materiallardan farqi – uning hajviy publitsistika qonuniyatlariga asoslanishi, yaʼni ijtimoiy kulgi, satira va yumor vositalariga tayanishidadir. Ijtimoiy kulgining xil va koʻrinishlari turlicha boʻlib, ular orasida kinoya, piching , xazil, yengil kulgi kabilar bilan bir qatorda zaharxandali kulgi, ijtimoiy masxaralash, grotesk (ataylab boʻrttirilgan kulgi) kabi hajv vositalari ham mavjud. Felyetonda ijtimoiy kulgining ana shu serqirra usullaridan keng foyda­laniladi.
FETISH (fr. fetiche – but, sanam < port. fetico – tumor; sehrgarlik) 1. Ibtidoiy qabilalar muqaddas, gayritabiiy kuchga ega, deb sig‘ingan, topingan jonsiz narsa.
2. ko‘chma Ko‘r-ko‘rona ishonib, qattiq yopishib olingan narsa, g‘oya va sh. k.

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish