B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar



Download 387,41 Kb.
bet140/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

B


BADIA Kishining diqqatini tortadigan badiiy asar. Alisher bolalik yillarida ikki tilda badialar ijod qilib shuhrat topgan. Oybek, Navoiy.
BADIHA (ar. oʻylovsiz, birdaniga aytilgan chiroyli soʻz, topqirlik) Avvaldan maxsus tayyorlanmasdan, daf’atan aytilgan she’r. Biror voqeadan qattiq ta’sirla­nish, mushoiralarda oʻzga shoir aytgan she’rga javoban yoki qaltis vaziyatdan ho­zir­javoblik bilan chiqish zarurati tufayli yaratiladi. Masalan, Boburning bir qator ruboiylari badiha tarzida yozilgan. Jumladan, Xoja Kalonning Dehlidagi uyi shifti­ga bitib ketilgan “Agar sogʻ-u salomat Sind daryosidan oʻtib ilsam, yuzim qaro boʻlsin Hindni yana orzu-havas qilsam” mazmunidagi baytiga javoban Bobur “Men dagʻi badihada bir ruboiy aytib, bitib yibordim” deydi-da, quyidagi ruboiyni keltiradi:
Yuz shukr de, Boburki, karimu gʻaffor,
Berdi senga Sindu Hindu mulk bisyor.
Issiqligʻiga gar senga yoʻqtur toqat,
Sovuq yuzin koʻray desang Gʻazni bor.
BADIIY OBRAZ Adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Badiiy obraz degan­da borliq (undagi inson, narsa, hodisa va hokazo)ning san’atkor koʻzi bilan koʻrilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda borliqning koʻplab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni oʻzi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir. Avvalo badiiy obraz individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon boʻladi. Voqelikda har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar uning oʻzigagina xos xususiyatlar mujassamdir. Narsa-hodisaning umumiy xususiyatlariga taya­nuv­chi abstrakt tafakkurdan farqli oʻlaroq obrazli tafakkur uning individual xususiyat­lariga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida (mas., biologiya umuman odamning fiziologik xususiyatlari haqida) soʻz yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi. Misol uchun, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasidagi shum bola obrazi oʻzida katta badiiy umum­lashmani tashiydi (oʻsha davrdagi yetim bolalarning umumlashgan obrazi) va shu bilan birga u oʻquvchi tasavvurida konkret bir inson sifatida gavdalanadi.

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish