SHAXSSIZ FE’L – q. Tuslanishsiz fe’l.
SHAXSSIZ GAP Fahit kesim tarkibvdan iborat boʻlib, bajaruvchi shaxs ma’nosn umuman ifodalanmaydigan gap: Xurofotlarning puch, bema’ni va zararli ekanini sodda tilda tushuntirish kerak. (Oybek)
SHAXS-SON KATEGORIYASI Harakatning uch shaxsdan (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzgadan) biriga oidligi ma’nosini ifodalovchi grammatik kategoriya. Bu grammatik kategoriyaning shaxs va songa koʻra quyidagi turlari va shakllari bor: I shaxs birligi va I shaxs koʻpligi: keldim keldik kabi; II shaxs birligi: kel, kelasan, kelding kabi, II shaxs koʻpligi: kelinglar, kelasanlar, keldingizlar, II shaxsning birlik va ko‘plikka betaraf shakllari: keling, kelasiz, keldingiz kabi; III shaxsning birlik va ko‘plikka betaraf shakllari: keldi, kelyapti, keladi kabi (O‘quvchi keldi – birik, O‘quvchilar keldi – ko‘plik) va III shaxs koʻpligi: kelishdi, keldilar kabi.
SHAXSI UMUMLASHGAN GAP Ega qatnashmaydigan, kesimi aniq shaxs shaklda boʻlsa-da, lekin mazmunan umumga qaratiladigan gap. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi. Bunday eganing umumlashishi maqol, matal, hikmatli ibora, odat tusiga kirgan rasm-rusumni bayon etuvchi gapda uchraydi: Hurmat qilsang, hurmat topasan. Sog‘liq tilasang ko‘p yema. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.
SHAXSI NOMA’LUM GAP Egasiz gapning bir turi bo‘lib, kеsimi fе’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak ma’nosini ifodalab kеladi. Bunday gap kеsimining eng muhim tomoni kеsimdagi shart, lozim, darkor, joiz kabi so‘z bilan kеlgan harakat nomi shaxs-sonni ko‘rsatuvchi vositaga ega bo‘lmaydi: 1. Dam olish kuni kitobxonlar yig‘iniga borish kеrak. 2. Ko‘ngilda armon qolmasin dеb, chilyosin qilishga ham to‘g‘ri kеldi. 3. Bu yerda o‘rtoq Ergashеvning hushyorligiga tan bеrish kеrak.
Shaxsi noma’lum gapning kеsimi quyidagicha shakllanadi:
a) majhul nisbatdagi fе’l: borildi, o‘qiladi, bеrilayotir;
b) -ga to‘g‘ri kеlmoq ko‘rinishida murakkablashgan fе’l: borishga to‘g‘ri kеldi, aytishga to‘g‘ri kеladi;
d) harakat nomi + kеrak/zarur/shart kabi modal: borish kеrak, bilish shart, aytish zarur;
e) -sa bo‘ladi, -ib bo‘lmaydi kabi murakkablashgan holda: Mana buni o‘qish dеsa bo‘ladi. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi.
SHEVA Mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega boʻligan, bir yoki bir necha qishloqni oʻz ichiga oluvchi kichik bir tsismi, guruhi. Masalan, oʻzbek tilining Qorabuloq shevasi; oʻzbek tilining Niyozboshi shevasi.
SHOVQIN Lablar, til va kichik tilning noritmik tebranishni, shuningdek, oʻzaro yaqinlashgan, yumilgan nutq a’zolari orasidan havo oqimining ishqalanib, portlab oʻtishi natijasida yuzaga keladigan akustik ta’sir.
SHOVQINLI UNDOSHLAR Fahat shoahindan yoki shovqinga
Do'stlaringiz bilan baham: |