B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar



Download 387,41 Kb.
bet188/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TEMATIKA Tor ma’noda muayyan asarga qo‘yilgan katta-kichik tema (mav­zu)lar jami bo‘lib, bu o‘rinda tema (mavzu) o‘z ichiga “problema” ma’nosini ham singdirgan bo‘ladi. Hayotni keng ko‘lamda aks ettiruvchi yirik hajmli asarlarda bosh mavzudan tashqari u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa bir qator tema (mavzu)lar ham qo‘yiladi. Odatda bu mavzular o‘zaro integrative aloqada bo‘lib, ular bir-birini to‘l­di­radi, biri ikkinchisini ochishga xizmat qiladi. Masalan, “O‘tgan kunlar”ning bosh mavzusi yurt (millat) taqdiri bo‘lsa, uni ko‘lamli tasvirlash va teran badiiy idrok etish uchun muhabbat, shaxs erki, otalar va bolalar muammosi, eskilik va yangilik kurashi, manfaati shaxsiya va manfaati milliya munosabati kabi qator mavzular ham ishlanadiki, ular­ning jami roman tematikasini tshkil qiladi.
TENDENSIYA (lot. tendere – yo‘naltirish, intilish) Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga muallifning g‘oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar sistemasi orqali aks etuvchi asar problematikasining badiiy idrok etilishi va baholanishi.
TETRALOGIYA (tetra+yun.logos-bilim, tushuncha; so‘z). bir muallifning yagona g‘oya, mazmun va obrazlar bilan o‘zaro bog‘langan to‘rtta adabiy, musiqiy yoki sahnaviy asari.
TEZ AYTISH O’zbekistonning turli joylarida «tutal», «chalg’itma», «chalg’ituv», «chalish», «adashish» deb yuritiladigan folklor hodisasi. Tez aytish istiloh sifatida janrning birgina xususiyatini-bir nafasda shiddat bilan aytilishinigina ifoda etsa-da, tez aytishdan kuzatiladigan maqsad nimaligini anglatmaydi. Shunday cheklanganlikka egaligiga qaramay, ruscha «skorogovorka» istilohining tarjima ekvivalenti sifatida ilmiy taomilga singib ketgan.
O’zbek tilida mavjud turli atamalarda tez aytishdan kuzatiladigan ikki maqsad bo’rtib ko’rinib turadi: birinchisi-tez aytishdan murod-chalg’itish, so’zda chalish yoki adashish deyilishi boisi shundan. Ikkinchisi-tez ayta turib chalishish-tutilishga teng. Shu sababli tutal deyilgan. Biroq chalg’itish ham, chalishish ham, adashish ham, tutilish ham o’xshash tovushlardan iborat so’zlar, aniqrog’i, alliteratsiya zamiridagi so’zlar qatorini shiddat bilan bir nafasda aytish negizida voqe bo’lganligi tufayli tez aytish yetakchi xususiyatga aylanib, folklor hodisasini ifodalovchi istiloh darajasida barqarorlik kasb etgan.
Tez aytishlar aslida kattalar og’zaki ijodiga xos bo’lsa-da, mohiyatan bolalar nutqidagi kemtikliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Bolalar tez aytish vositasida o’z ona tillaridagi tovush va so’zlarni ravon, burro, ochiq talaffuz etishni, tovushlarning ohangdorligini, so’zlarning nozik ma’no tovlanishlarini his va idrok qilish, anglash hamda ilg’ab olishni mashq qiladilar. Shu ma’noda ular tovush va so’z ustidagi poetik-mantiqiy mashqlar hisoblanadi. tez aytishlarni o’yin shartiga aylantira borishgan, kim uni to’g’ri aytolmasa, chalishsa, o’sha yutqizgan sanalib, g’oliblar qo’ygan shartni bajargan yoki o’yinda navbatda (galda) turgan. Tez aytishlar orasida 34, hatto 47 so’zli namunalari borki, ularni aytishda 7-12 yoshdagi bolalar nafasi yetmaydi. Eng ko‘pi 4-6-10 so‘zli bo‘lib, talaffuzi qiyin tovushlar alliteratsiyasi- bir xil tovush takrori kuzatiladi. M: Charxim chakalak, Tanobi charxim chakalak. Charximda gunoh yo’g’u O’zim hakalak.
TERMA o‘zbek folklorining mustaqil janri bo‘lib, uning yaratilishida baxshi­larning roli nihoyatda kattadir. Xalq baxshilari tinglovchilar o‘rtasida yirik hajmdagi dostonlarning ijrosini boshlashdan oldin o‘ziga xos tarzda mashq qilib oladilar. Ular ovozini charxlash uchun she’riy parchalardan tuzilgan qo‘shiq aytadi. Qo‘shiqlarda baxshining hayoti, turmushda ro‘y berayotgan voqealar, ba’zan kulgili hodisalar, dostonlarning eng qiziq o‘rnidan lavhalar va baxshining tinglovchilarga murojaati aks etadi. Bunday ijrolarning muddati cheklanmagan bo‘ladi. Ba’zan qisqa, ba’zan esa uzoq vaqt davomida baxshi “nima aytay?” mazmunidagi savol bilan atrofidagilarning e’tiborini o‘ziga tortadi. Ana shu she’riy parchalar “terma” atamasi bilan yuritiladi. Masalan:
O‘n beshida oyday to‘lgan,
Olmosini belga solgan,
Go‘ro‘g‘liga xizmat qilgan,
Qirq yigitni girdga olgan,
So‘rab o‘tdi Avaz polvon,
Avazxondan aytayinmi?
Termalar 10-12 satrdan 150-200, ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo‘lishi mumkin. Baxshi mezbonning uni kutib olishi, tinglovchilarning dastlabki muomala va munosabatlaridan ilhomlanib, vaziyat taqozosi bilan yo‘l-yo‘lakay terma to‘qib ketishi ham mumkin. Lekin baxshining ana shu termani aytayotib, keyingi aytadigan dostonining rejasini tuzib olayotganini hech kim payqamaydi.

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish